Mashhur braziliyalik Romario vatani Braziliyada kasalxonaga yotqizilib, muxlislarini xavotirga soldi.
Hozir Gollandiyaning "PSV" va Kataloniyaning "Barselona" klublari sobiq yulduzi 57 yoshda. Ayni damda Romario Rio-de-Janeyrodagi shifoxonalardan birida, davolovchi shifokorlar sobiq jahon chempionining ahvolini barqaror deb hisoblaydi.
Italiyaning ITASportPress axborot agentligi xabariga ko‘ra, ular haligacha Romarioning kasalxonadan chiqish sanasini ayta olishmayapti.