"Fenerbaxche" va hujumchi Dushan Tadich ikki yillik shartnoma imzoladi.
Yarim himoyachi Turkiya jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Serbiyalik futbolchi 10-raqam ostida o‘ynaydi.
34 yoshli Tadich o‘tgan mavsumda "Ayaks" tarkibida 47 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol va 21 golga assistentlik qilgan. U o‘zining iltimosiga ko‘ra shartnoma bekor qilingani sababli klubni tark etdi.