Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonsoga APLda zafar quchish uchun qancha vaqt berildi?

Xabi Alonsoga APLda zafar quchish uchun qancha vaqt berildi?

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi yaqin yillarda Angliya Premyer-ligasida (APL) chempionlik uchun kurashish tizimini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bugun londonliklar ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. U klubda menejerlik vazifalarini ham bajaradi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan.

Daily Mail nashrining o‘z insayderlariga tayanib xabar berishicha, «ko‘klar» rahbariyati yaqin uch mavsum ichida, imkon qadar tezroq bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylanishni maqsad qilgan.

Shuningdek, manbada qayd etilishicha, «Chelsi» rahbariyati «Liverpul» klubida murabbiylik kursisi bo‘shab qolishi mumkinligini oldindan taxmin qilgan. Ispaniyalik mutaxassisning tayinlovi mavsum yakunlanmasdan turib, hoziroq e’lon qilinganining sababi ham aynan shu xavf bilan izohlanmoqda. Mersisaydliklar Alonsoga taklif bilan chiqishidan oldin «Chelsi» tezkorlik ko‘rsatgan.

Ispaniyalik mutaxassis yangi lavozimida joriy yilning 1 iyulidan ish boshlaydi. U joriy mavsumning qolgan uchrashuvlariga jamoani tayyorlash jarayonlariga umuman aralashmaydi.

Kiritildi: 18:14, 17.05.2026.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик