Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bastoni "Barsa"ga o‘tmaydiganga o‘xshaydi

Bastoni "Barsa"ga o‘tmaydiganga o‘xshaydi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Alessandro Bastoni jamoada qolish fikriga tobora ko‘proq moyillik bildirmoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» tomonidan bo‘layotgan kuchli qiziqishga qaramay, Bastoni «Inter»da qolishi mumkin. So‘nggi haftalarda futbolchining jamoadan ketish ishtiyoqi ancha sovidi. Yaqin vaqt ichida Milan klubi rahbariyati himoyachi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Bastoni barcha turnirlarni inobatga olgan holda 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ikkita gol urdi va o‘z hisobiga oltita mahsuldor uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 20:51, 17.05.2026.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик