"Brentford" yarim himoyachisi Serxi Kanyos "Valensiya"ga o‘tish istagini bildirdi.
Relevo xabariga ko‘ra, bir muddat oldin Kanyos quyidagi so‘zlarni aytgandi: "Men "Valensiya"da o‘ynashni o‘ylayapman".
Nashrning yozishicha, bu istak kundan-kunga kuchayib bormoqda va shuning uchun 26 yoshli sportchining Ispaniya jamoasida paydo bo‘lish ehtimoli juda yuqori.
Biroq "Brentford" bu transferni to‘sib qo‘ygan, buning ustiga "Valensiya" transfer narxini to‘lamasligini aytgan, hozirda "Valensiya" va Kanyos shaxsiy kelishuvga erishgan.