Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lgan Maguayrning klubdagi o‘rni ham mustahkam emas

Sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lgan Maguayrning klubdagi o‘rni ham mustahkam emas

Baho:
+ | -

Maguayr endi “Manchester Yunayted” sardori emas. Rahbariyat haqiqatan ham uni sotmoqchi.

Mana, nihoyat “MYU” Xarri Maguayrni sardorlik bog‘ichidan mahrum qildi. Buni ko‘pchilik ingliz muxlislari xohlashgandi. Angliyalik futbolchi 3,5 yil vaqt mobaynida sardorlik qildi.
Xarri bunga rasmiy bayonot berdi: “Bugungi suhbatda murabbiy menga sardorni almashtirayotganini aytdi. Sabablarini keltirdi. Men juda xafaman, lekin har safar futbolkamni kiyganimda borimni berishda davom etaman. “Yunayted” muxlislariga, qo‘limga bog‘ich taqib yurgan paytimda menga katta yordam ko‘rsatgani uchun katta rahmat aytmoqchiman. Uch yarim yil oldin men sardor bo‘ldim va o‘sha kundan boshlab klubni boshqarish katta sharafga aylandi. Bu klub futbolidagi eng muhim mukofotlardan biridir. Men jamoa uchun maydonda ham, maydon tashqarisida ham muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘limdan kelganini qildim. Menga mas’uliyat yuklagani uchun Ole-Gunnar Sulsherdan doimo minnatdorman, lekin endi bu rolni o‘z zimmasiga oladigan kishiga ham muvaffaqiyatlar tilayman. Men uni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman”, - dedi Maguayr.

 

Xarridan sardorlik bog‘ichini olgan Ten Xag shunday dedi: “Futbolchilar bunga ovoz berishmaydi. Men qaror qilaman”, - deya javob berdi murabbiy yaqinda. The Sun nashrining yozishicha, gollandiyalik murabbiy Bruno Fernandeshni bu rolga tanlagan. Klub allaqachon Xarriga minnatdorchilik bildirgan: "Yunayted"dagi barcha Xarriga so‘nggi uch yarim yil davomida sardor sifatida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Menejer o‘z vaqtida futbolchilarni xabardor qilgandan so‘ng yangi sardorni e’lon qiladi".

Biroq "Manchester Yunayted" Maguayrni sotmoqchi. Lekin Xarri ketishni istamaydi. "Yunayted" uzoq vaqt davomida uni loyihaning bir qismi sifatida ko‘rmagan. Buning sabablaridan biri - yiliga 9,9 million funtlik maosh, bu o‘tgan mavsum oxirida jamoaning Chempionlar ligasiga chiqqani uchun oshgan. Manchester Evening News xabariga ko‘ra, Maguayrning ketishiga "Manchester Yunayted" himoyachi uchun qo‘ygan narx ham to‘sqinlik qilmoqda - 50 million funt. Xarri qolsa klub hech qanday muammo ko‘rmaydi - ammo himoya markazidagi beshinchi variant bo‘ladi xolos. katta ehtimol Rafael Varan, Lisandro Martines, Viktor Lindelyof va Lyuk Shoudan keyin tilga olinadi.



The Telegraph nashrining xabar berishicha, angliyalik futbolchiga faqat bitta da’vogar bor - "Vest Xem". Deklan Rays "Arsenal"ga o‘tganidan keyin tayanch zonasi ancha ochilib qoladi. Bu himoyaga xavf tug‘dirishi aniq. Jamoa o‘ziga yangi markaziy himoyachi qidirmoqda. Ular Xarrini sotib olishdan ko‘ra ijara variantini afzal ko‘rishadi, lekin futbolchining o‘zi xohlasa, unga pul sarflashga tayyor. Shunga qaramay, sobiq sardor taslim bo‘lmoqchi emas. Misol uchun, Xarri deyarli uch hafta davomida kuniga uch marta Portugaliyada - Rikardo Karvalyu bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Maguayrning Ten Xag bilan munosabatlari "juda tarang" deb ta’riflangan bo‘lsa-da, asosiy jamoadagi o‘z o‘rnini qaytarib olishiga ishonadi. Xarri faqat bitta holatda - Angliya terma jamoasiga chaqirilishni to‘xtatsagina, ketishi mumkin xolos. U Yevro-2024da qatnashish istagini bildirgan.

Kiritildi: 11:41, 17.07.2023.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.