"Arsenal" futbolchisi allaqachon qaror qabul qilgan. Xabarlarga ko‘ra, jamoa himoyachisi Kiran Tirni APLni tark etadi. U yana "Seltik"ka qaytishni reja qilgan. 26 yoshli futbolchiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirayotgan edi.
Biroq Shotlandiya terma jamoasi a’zosi sobiq klubida o‘zini qulay his etadi. U Brenden Rojers jamoasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonmoqda. Ayni damda Tirni 35 million funtga baholangan.