"Bavariya" "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda yaqinda Myunxen klubi bosh direktori lavozimini egallab kelgan Yan-Kristian Drizen xabar berdi.
"Hech kimga sir emaski, biz Keynga juda qiziqamiz. Ammo biz Tomas Tuxelning so‘zlariga amal qilganimiz ma’qul.
Agar siz uning ishiga ko‘p aralashsangiz, ishda unum bo‘lmaydi", - dedi Drizen.
Xarri Keynning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning iyunigacha amal qiladi. Nufuzli transfermarkt portali mutaxassislari hujumchini 90 million yevroga baholamoqda.