Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Biz siz uchun transfer yangiliklarini yig‘ishda davom etamiz. Kecha 17 iyul kuni ham ular ko‘p bo‘ldi.

Maguayr qayerga boradi?

Goal nashriga ko‘ra, "Chelsi" "Manchester Yunayted"ning sobiq sardoriga qiziqish bildirmoqda va uni ushbu transfer oynasida sotib olishni o‘ylamoqda. “Manchester Yunayted” 29 yoshli himoyachi bilan 35 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor va takliflarni kutmoqda.

Ammo "Vest Xem" allaqachon Maguayr uchun o‘z taklifini bildirgan. London klubi, The Guardian xabariga ko‘ra, futbolchini ijaraga olmoqchi bo‘lgan, biroq "Yunayted" bunga rozi bo‘lmagan. "Vest Xem" esa hozir to‘liq transferni amalga oshirishga tayyor emas, chunki Garri juda qimmat.

Villian bir oydan tark etgan klubga qaytadi

34 yoshli braziliyalik yarim himoyachining Moskvaga ko‘chib o‘tishi haqidagi mish-mishlar barham topdi va buning sabablari bor. Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, Villian shartnoma muddati tugashi sababli iyun oyi oxirida tark etgan "Fulxem"ga qaytadi.

“PSJ” Bernardu Silva bo‘yicha dahshatli taklif tayyorladi

Manba yuz foiz ishonchli emas, ammo yangiliklar shundan iboratki, ularga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Nashrning ta’kidlashicha, Parijliklar "Manchester Siti"ga portugaliyalik yarimhimoyachi uchun birdaniga ikkita futbolchini taklif qilgan - Janluidji Donnarumma va Marko Verratti. Eng ajablanarlisi shundaki, ingliz klubi buni darhol rad etdi. Shunga qaramay, muzokaralar davom etmoqda. Aytgancha, ikki yulduzni Manchesterga jo‘natish g‘oyasi “PSJ” maslahatchisi Luis
Kamposga tegishli.

Obameyang 10 yildan keyin Fransiyaga qaytishi mumkin

The Athletic xabariga ko‘ra, "Marsel" gabonlik 34 yoshli hujumchining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Pyer-Emerikning o‘ziga klub loyihasi yoqadi, ammo pul muammoga aylanishi mumkin. "Chelsi" sotuvdan pul ishlashni xohlaydi va Obameyang haftasiga 182 ming yevroni tashkil etuvchi maoshni juda ko‘p tushirishga tayyor emas.

Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoniga borishdan bosh tortdi

Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Fernandesh bir oy oldin Saudiya klublarining ikkitadan ortiq taklifini rad etgan. 28 yoshli portugaliyalik yarimhimoyachining ham o‘ziga xos motivasiyasi bor: "Manchester Yunayted"da Maguayrdan olingan sardorlik bog‘ichi unga tegishli bo‘lishi kerak.

"Inter" "Arsenal" hujumchisi uchun 40 million yevro tayyorlamoqda

Milan klubi Romelu Lukakudan shunchalik hafsalasi pir bo‘ldiki, darhol boshqa hujumchiga o‘tishdi. Endilikda The Athletic xabariga ko‘ra, "Inter" Folarin Balogunni sotib olmoqchi. Ajoyib taklif tayyorlanmoqda - 40 million yevro. Ammo "Arsenal" bundan
ham ko‘proq talab qilmoqda - 58,5 million yevro.

Kuadrado "Inter"ga o‘tishga yaqin turibdi

Fabrisio Romanoning yozishicha, "Yuventus"da 8 yil o‘ynagan va yaqinda erkin agent sifatida ketgan Kuadrado "Inter"ga o‘tishga yaqin. 35 yoshli kolumbiyalik himoyachi "Inter"ning taklifiga rozi bo‘ldi: 2024 yilgacha shartnoma, mavsumiga 2 million yevro maosh. Bugun, 18 iyul kuni Xuan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni kutmoqda.

Kiritildi: 09:46, 18.07.2023.
O'qildi: 6728 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.