Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Mavsum saboqlari qanday yoxud Ro‘ziqul Berdiyev nima deydi?

Mavsum saboqlari qanday yoxud Ro‘ziqul Berdiyev nima deydi?

Baho:
+ | -

Aytish shart emas, Superligada raqobat va kurash dinamikasi yil sayin oshmoqda. Ayniqsa, 2022 yilgi mavsumda chempionlik yo‘lidagi poyga boshqacha tus oldi.

Agar «Nasaf» eng so‘nggi pallada ko‘zda tutilmagan omadsizlikka yo‘liqmaganida, yangi chempion bilan ham tanishardik ehtimol. Ammo qarshiliklar yakunda shundoq o‘z qo‘llarida turgan «oltin»ni berib qo‘yishdi. Xo‘sh, «ajdarlar» o‘sha omadsizlikdan qanday saboq olishdi, ular joriy mavsum ko‘zlangan yuksak dovonni nihoyat, zabt etishadimi? Maxsus muxbirimiz «Nasaf»ni olg‘a boshlayotgan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», mamlakatning 5 karra eng yaxshi murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bilan uchrashib, shu xususda suhbatlashdi.

- Ro‘ziqul Sa’dullayevich, Superliga birinchi davrasi yakuni bo‘yicha xulosalar qanday?

- Asosiy haqiqat shuki, Superligada kurash tafti yil sayin oshmoqda. Mana, bugun 14ta jamoa ichida yaqqol kuchsizi yo‘q. Har bir ishtirokchida o‘ziga yarasha qandaydir ustun tomoni bor. Ortda qolgan o‘yinlardan ko‘rinib turibdiki, vodiyga katta futbol qaytmoqda. «Neftchi» va «Andijon»ning shashti, «Nav­bahor»ning saralangan tarkibi shundan dalolat. Faol muxlislik vodiy klublarining qo‘shimcha ustun tomonidir. Amaldagi chempion «Paxtakor»ga to‘xtalish shart emas, yana OKMK ham tobora oldinga intilmoqda. Tabiiyki, raqobat darajasi zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi, o‘z ustimizda ko‘proq ishlashni taqozo etadi. Birinchi davra yakuniga nazar solsak, 12ta o‘yin («Paxtakor»ga qarshi 12-tur uchrashuvi 15 avgust kuniga belgilangan) da 24 ochko ishladik. Bu mo‘ljallaganimizdan biroz kam. Peshqadam «Navbahor»dan 5 ochko orqadamiz, lekin zaxiramizda 1ta o‘yin bor. Demak, qoldirilgan o‘yinda ijobiy natija qayd etsak, turnir jadvalidagi holatimiz ancha yaxshilanadi. Shu ma’noda birinchi davraga ijobiy baho berish mumkin.

- «Nasaf»ning mavsumning ilk o‘yinida «Andi­jon»ga imkoniyatni boy berishini hech kim kutmagandi. Zero, chempionatga asosan Turkiyada tayyorgarlik ko‘rdinglar, qolaversa, OCHL «pley-off» bosqichida ma’lum o‘yin ritmini hosil qildinglar...

- Barchasini o‘sha o‘yindan keyingi matbuot anjumanida alohida tushuntirgan edim. Shunchaki, mehmonlar yaxshi himoyalanib, 1ta vaziyatdan foydalanishdi. Biz esa sanoqsiz hujumlardan samara chiqarolmadik. Vaholanki, jismoniy holatimiz talab darajasida edi, shunga yarasha hujumga o‘tishda muammo sezilmadi. Faqat shoshma-shosharlik va asabiylashish raqibga qo‘l keldi. Keyingi turda «Turon»ni yengishda ham ancha qiynaldik, garchi to‘liq ustunlikka erishgan bo‘lsakda. Yaxshiki, o‘yin oxiridagi uzun uzatmalar samara keltirdi va Javohir Siddiqov hamda Husniddin Aliqulov urgan ikki gol evaziga zarur g‘alabani nishonladik. Bu yutuq jamoamiz uchun ruhiy tomonlama muhim edi. «Qizilqum» bilan bahsda ham maydon egalari bitta vaziyatdan - Ro‘ziqul Sa’dullayevich, Superliga birinchi davrasi yakuni bo‘yicha xulosalar qanday?

- Asosiy haqiqat shuki, Superligada kurash tafti yil sayin oshmoqda. Mana, bugun 14ta jamoa ichida yaqqol kuchsizi yo‘q. Har bir ishtirokchida o‘ziga yarasha qandaydir ustun tomoni bor. Ortda qolgan o‘yinlardan ko‘rinib turibdiki, vodiyga katta futbol qaytmoqda. «Neftchi» va «Andijon»ning shashti, «Nav­bahor»ning saralangan tarkibi shundan dalolat. Faol muxlislik vodiy klublarining qo‘shimcha ustun tomonidir. Amaldagi chempion «Paxtakor»ga to‘xtalish shart emas, yana OKMK ham tobora oldinga intilmoqda. Tabiiyki, raqobat darajasi zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi, o‘z ustimizda ko‘proq ishlashni taqozo etadi. Birinchi davra yakuniga nazar solsak, 12ta o‘yin («Paxtakor»ga qarshi 12-tur uchrashuvi 15 avgust kuniga belgilangan) da 24 ochko ishladik. Bu mo‘ljallaganimizdan biroz kam. Peshqadam «Navbahor»dan 5 ochko orqadamiz, lekin zaxiramizda 1ta o‘yin bor. Demak, qoldirilgan o‘yinda ijobiy natija qayd etsak, turnir jadvalidagi holatimiz ancha yaxshilanadi. Shu ma’noda birinchi davraga ijobiy baho berish mumkin.

- «Nasaf»ning mavsumning ilk o‘yinida «Andi­jon»ga imkoniyatni boy berishini hech kim kutmagandi. Zero, chempionatga asosan Turkiyada tayyorgarlik ko‘rdinglar, qolaversa, OCHL «pley-off» bosqichida ma’lum o‘yin ritmini hosil qildinglar...

- Barchasini o‘sha o‘yindan keyingi matbuot anjumanida alohida tushuntirgan edim. Shunchaki, mehmonlar yaxshi himoyalanib, 1ta vaziyatdan foydalanishdi. Biz esa sanoqsiz hujumlardan samara chiqarolmadik. Vaholanki, jismoniy holatimiz talab darajasida edi, shunga yarasha hujumga o‘tishda muammo sezilmadi. Faqat shoshma-shosharlik va asabiylashish raqibga qo‘l keldi. Keyingi turda «Turon»ni yengishda ham ancha qiynaldik, garchi to‘liq ustunlikka erishgan bo‘lsakda. Yaxshiki, o‘yin oxiridagi uzun uzatmalar samara keltirdi va Javohir Siddiqov hamda Husniddin Aliqulov urgan ikki gol evaziga zarur g‘alabani nishonladik. Bu yutuq jamoamiz uchun ruhiy tomonlama muhim edi. «Qizilqum» bilan bahsda ham maydon egalari bitta vaziyatdan gol urib ketishdi va buning oqibatida qimmatli 2 ochko yo‘qotdik.

- «Nasaf» shundan keyin bir maromda o‘ynab, muxlislarda ishonchni mustahkamladi...

- Ha, «Surxon»ni 3:2 hisobida yengish asnosida turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildik. Biroq 6-turda «Bunyodkor» mehmoni bo‘lib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardik alamli tarzda. Ma’lumki, futbol hissiyotlarga boy o‘yin. Nohaqlikni tabiatim ko‘tarolmaydi. Lekin inson har qanday holatda asabini jilovlashi shart. O‘sha uchrashuv yakunida yuz bergan holat va xatti-harakatlarni aslo oqlamayman. Faqat futbolimizdagi ba’zi nohaqliklar o‘rnini tezroq mustahkam adolat egallashini istayman. Hammamiz xalqaro maydonning ibratli ishlaridan o‘rnak olishimiz kerak. Milliy chempionatimizda katta ijobiy siljish kuzatilayotgan hozirgi pallada ba’zi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida hamfikr bo‘lishimiz shart. Demoqchimanki, murabbiylar faqat o‘yin va natijani o‘ylash bilan cheklanmasdan futbolchilarning odob-axloqiga ham e’tibor qaratsalar, foydadan xoli bo‘lmasdi. 

- Mavsumdagi aynan qaysi o‘yindan to‘liq qoniqish hosil qildingiz?

- 7-turdan o‘rin olgan bahsda Temur Kapadze boshqaruvidagi ishtiyoqli «Olimpik»ni 3:0 hisobida dog‘da qoldirdik. Shu kuni ko‘p narsa o‘xshadi, o‘yin chiroyli chiqdi, garchi gollarni himoyachilar Husniddin Aliqulov va Alibek Davronov urgan bo‘lsalarda. Shuningdek, o‘z maydonimizda «Navbahor»ga qarshi kechgan o‘yin ham yoqdi. Unda hisob ochilmagani boshqa masala, asosiysi, yigitlar ko‘zlaridagi olov yaqqol sezildi. Safarda «Metallurg» va «So‘g‘diyona» hamda o‘z maydonimizda OKMKga qarshi kechgan bahslarda ham sifat chakki bo‘lmadi. Shu o‘rinda Farg‘onada «Neftchi» bilan o‘yinda qayd etilgan mag‘lubiyatga alohida to‘xtalishni istayman. Bundan fojia yasamasligimiz kerak, chunki ikki jamoa bir xil sxemada o‘ynadi va jangovarlik sezilib turdi. Shunchaki, «Neft­chi» 2ta standart vaziyatdan gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Bizga ayniqsa, raqibning jarima zarbasidagi xato qimmatga tushdi. Matbuot anjumanida ham aytgandim, o‘sha o‘yin aslida durang natijaga mos edi. Umuman, ortda qolgan har bir o‘yin­dan o‘zimiz uchun tegishli xulosalar chiqardik, albatta.

- Birinchi davrada raqiblar darvozasini 5 marta nishonga olgan himoyachi Husniddin Aliqulov jamoa to‘p­urari bo‘lib turibdi. Qiziq, uni hujumda sinab ko‘rsangiz, qanday bo‘larkin?

- Husniddinni hujumga qo‘yish - bu zaxira varianti. U oldinda ham binoyidek harakatlanadi. Hozircha Husniddinning himoyadan hujumga qo‘shilishi ko‘proq naf keltirmoqda. Lekin uni to‘liq hujumga burish uncha to‘g‘ri emas. Axir Aliqulov terma jamoada ham himoyachi rolida o‘ynaydi.

- «Nasaf»da ijara muddatini o‘tayotgan Javohir Siddiqovning o‘yini ko‘pchilikka ma’qul tushyapti. U jamoa­da qoladimi?

- Albatta, Javohirning harakatidan mamnunmiz. Asosiysi, jamoamizga tez kirishib ketdi. Juda mehnatkash va tirishqoq yigit. Safimizda qolish-qolmasligi esa avvalo, o‘ziga bog‘liq. 

- Javohir o‘zaro suhbatlardan birida bu yil «Nasaf» bilan chempion bo‘lish orzusida ekanligini aytgandi...

- Ajabmas. Umuman, bugun Javohir kabi tirishqoq va kreativlikka moyil yigitlarga ehtiyojimiz katta. 

- Marko Stanoyevich qachon maydonga qaytadi?

- U hozir safda, ammo jarohat tufayli 5-6 oy o‘ynamaganini unutmaslik kerak. Tiklanish jarayoni ham oxirlab qoldi, o‘yinga tayyor bo‘lishi bilan maydonga tushadi, albatta. 

- Tarkibdagi o‘zgarishlar haqida nimalarni qo‘shimcha qila olasiz?

- Hamon izlanishdamiz, oldingi chiziq uchun munosib ijrochi olishimiz kerak. Hozircha hujumchi Lima Kruz bilan o‘rtadagi shartnoma muddatini yil oxirigacha uzaytirdik. Bir qator yoshlarni esa ijara kelishuvi asosida boshqa jamoalarga yubordik. Faqat Shohmalik Komilov erkin agent maqomida ketdi. Albatta, tarkibni tajribali futbolchilar bilan to‘ldirish harakatidamiz. Umuman,   seleksiya bo‘yicha ishlar natijasidan qoniqyapmiz. Qo‘shimcha qilish joiz, sifatli transfer avvalo, moliyaviy masalaga borib taqaladi. Yaxshiki, rahbariyat bu borada qo‘llab-quvvatlab turibdi. Viloyat rahbarlari oldimizga 1ta savol qo‘yishayapti: «Qachon chempion bo‘lasizlar?» Ayni shu maqsad yo‘lida ishlayapmiz. Oldimizda «Paxtakor»ga qarshi kechadigan superkubok o‘yini bor. Bundan tashqari, O‘zbekiston kubogi finali bu yil Qarshida bo‘ladi. Qisqasi, mas’uliyat har qachongidan katta. Kubok turniridagi zafarli yurishni o‘z maydonimizda takrorlashimiz kerak. Sentyabrda start oladigan OCHL ham jiddiy sinov, albatta. Asosiysi, chempionlik yo‘lida yanada dadil qadam tashlaydigan vaqt keldi. Hamjihatlik, yagona maqsad sari intilish bizni g‘alabalar tomon yetaklashiga ishonchimiz komil. 

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:49, 18.07.2023.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.