Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol - Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa - Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal - PSJ
01/10 23:59 Bayer - Milan
01/10 23:59 Borussiya D - Seltik
01/10 23:59 Barselona - Yang Boyz
01/10 23:59 Inter - Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV - Sporting
01/10 23:59 Slovan - Manchester Siti

"MYU"da yangi sardor kim bo‘lishi mumkin?

"MYU"da yangi sardor kim bo‘lishi mumkin?

Baho:
+ | -

Erik ten Xag "Manchester Yunayted" sardori sifatida Xarri Maguayrning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchilarning ro‘yxatini o‘rganib chiqmoqda.

Maguayr endi "Manchester Yunayted" sardori emasligi haqidagi xabar hech kimni ajablantirmasa kerak. O‘tgan mavsumda futbolchining jamoadagi o‘yin vaqti sezilarli darajada qisqardi va Ten Xagning yangi sardor tanlash niyati haqidagi mish-mishlar anchadan buyon yangrab kelmoqda.

Maguayr "Manchester Siti"ga qarshi Angliya kubogi finalida ham maydonga tushmadi va mavsum oxirida Ten Xag Bruno Fernandeshni sardor sifatida tilga ola boshladi, biroq rasman hali ham Angliya terma jamoasi himoyachisi sardor edi. Fernandesh Maguayr o‘rniga 1-raqamli nomzod, ammo bu rolga boshqa da’vogarlar ham bor. Keling, variantlarni ko‘rib chiqamiz.

Lyuk Shou

Shou - David de Xea ketganidan beri "Yunayted"ning eski o‘yinchilaridan biri. Bu esa uni Yevropaning ko‘plab top-jamoalarining sardori bo‘lishiga yetarlicha sababni keltirib chiqaradi.  Chap qanot himoyachisi - klubning yetakchi va eng barqaror o‘yinchilaridan biri. Yaqinda u "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi.

Lisandro Martines

"Biz raqibdan ko‘ra ko‘proq kurashishimiz kerak, ko‘proq ishtiyoq bilan o‘ynashimiz kerak, ko‘proq kuch bilan harakatlanimiz lozim". Bu Martinesning aprel oyida "Nyukasl"dan 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyingi aytgan so‘zlari edi. Bu alamzada bo‘lgan "Yunayted" muxlislarining qulog‘iga "musiqa" kabi jaranglar edi. Martines hech qachon qiyinchilikka duchor bo‘lishdan qo‘rqmaydi. O‘tgan mavsum boshlanishiga bir necha hafta qolganda u "Yunayted" kiyinish xonasidagi eng nufuzli o‘yinchilardan biriga aylandi. U Argentina jahon chempionatida g‘olib chiqqan payti muhim mavqega ega edi.

Markus Reshford

Manchester janubida tug‘ilib o‘sgan va yetti yoshidan boshlab "Yunayted"da yurgan Reshfordda "qizil iblis" qoni bor.

Ten Xag jamoasining eng iqtidorli va barqaror o‘yinchilaridan biri bo‘lishdan tashqari, u klub uchun mukammal elchi hisoblanadi. Markus pandemiya davrida konservativ hukumatga qarshi chiqdi va bolalarning maktabda bepul ovqatlanish huquqi uchun kurashdi. U o‘sha paytlarda karyerasini tiklab olish uchun kurash olib borardi. 2021/22 yilgi mavsumdan so‘ng, yangi va kuchli tarzda qaytdi va bu mavsumda birinchi marta 30 ta gol urdi va "Yunayted"da yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘ldi. Markus Reshford yangi shartnoma imzolasa, klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Bruno Fernandesh

Fernandesh Maguayrning o‘rniga mantiqiy to‘g‘ri tanlovdir. Uning jamoadoshlarini ilhomlantirish istagi yoki qobiliyatiga shubha yo‘q. Ammo uning yetakchilik taktikasi har doim ham kerakli natijani bermaydi. "Yunayted"ga qarshi qarorlar chiqqanida u ko‘p e’tiroz bildiradi va shikoyat qilishga moyilligi ko‘pincha jamoadoshlarini tushkunlikka solib qo‘yadi. Balki "Yunayted" kelasi mavsumda boshqa turdagi yetakchiga muhtojdir.

Kiritildi: 21:57, 18.07.2023.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.