Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+1 | -

Biz futbol transferlari haqidagi asosiy yangiliklarni yig‘ishda davom etamiz. Quyida 18 iyuldagi eng so‘nggi mish-mishlar va rasmiy xabarlar tanlab olingan.

“Chelsi” yana Kaysedo borasida kelisha olmadi

London klubi "Brayton" yarim himoyachisi uchun 81,9 million yevroga ikkinchi taklif bilan chiqdi, deb yozadi Devid Ornshteyn. Ammo yana rad etildi! Birinchi taklif 70,2 million yevrodan kam bo‘lgandi. “Brayton” 21 yoshli iqtidordan unumli foydalanish uchun “Chelsi”ni barcha pullardan tortib olmoqchi ko‘rinadi. Dinamikaga ko‘ra, biz 90 million yevro kutmoqdamiz?

"Bavariya" yetakchilardan birini sotishga tayyor

Eng kutilmagan yangilik. Joshua Kimmix yaqin vaqtgacha Myunxen klubi boshliqlari uchun daxlsiz futbolchi edi, ammo hozir hammasi o‘zgardi. Jorj Xolznerning aytishicha, agar foydali taklif tushsa, "Bavariya" 28 yoshli vise-sardorning transferini muhokama qilishga tayyor. Yuqori darajadagi yarimhimoyachini olmoqchi bo‘lganlar bormi?

Mbappening "PSJ"ni tark etishi uchun tayyorlagan xayrlashuv nutqi oshkor bo‘ldi

Kilian allaqachon hamma narsani o‘ylab qo‘ygan. 24 yoshli hujumchining ushbu transfer oynasida “PSJ”ni tark etgan taqdirda tayyorlangan xayrlashuv nutqi “PSJ” jamoasi tomonidan e’lon qilindi:

“Men qolishni juda xohlardim, bu mening xohishim edi. Ammo jamoa meni kelasi yozda tekinga ketsam, klubda yuzaga keladigan moliyaviy muammolar haqida ogohlantirdi. Shu bois “PSJ”ga muammo tug‘dirmaslik uchun shu yozda ketishga rozi bo‘ldim”.

"Vest Xem" Raysni yaxshi yarimhimoyachi bilan almashtirishga qaror qildi

Chiroyli sxema, agar bu haqiqatan ham sodir bo‘lsa. Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, Deklan Rays "Arsenal"ga super daromadli sotilganidan so‘ng, London klubi e’tiborini Leon Goreskaga qaratgan. Eng ajablanarlisi shundaki, “Bavariya” yarim himoyachi bilan xayrlashishga qarshi emas va uning uchun 45–50 million yevro talab qiladi. 28 yoshli futbolchining o‘zi hamon jamoada qolish va asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib olish niyatida.

"Bavariya" nihoyat Kim Min Chje bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

Janubiy koreyalik himoyachining “Napoli”dan transferi anchadan beri ma’lum, ammo Myunxen klubi negadir yangi futbolchini tanishtirishga shoshilmadi. Endi oxirgi kichik narsa yo‘q qilindi va muxlislar nihoyat Kimni "Bavariya" libosida ko‘rishdi. Shartnoma 2028 yilgacha amal qiladi, transfer summasi taxminan 50 million yevroni tashkil etadi va 26 yoshli himoyachi uchinchi raqam ostida o‘ynaydi.

Messining yana ikki yulduz do‘sti "Inter Mayami"ga o‘tdi

Leoga qulay bo‘lishi uchun AQSH klubi 2010 yillarning o‘rtalaridan boshlab "Barselona" tarkibini qayta tiklashga qaror qildi. Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, "Inter Mayami"ning navbatdagi transferi Kataloniyani tark etganidan beri erkin agent sifatida qolgan 34 yoshli himoyachi Jordi Alba bo‘ladi. Shartnoma kelishilgan, uni imzolash va o‘tishni e’lon qilish qoldi.

"Manchester Yunayted" kutilmaganda sobiq himoyachisini qaytarib oldi

Jonni Evansni eslaysizmi? So‘nggi bir necha yil davomida himoyachi "Lester"da o‘ynadi va o‘tgan mavsumdan so‘ng jamoa chempionshipga uchib ketdi. 35 yoshli shimoliy irlandiyalik futbolchi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolandi va tez orada o‘rtoqlik o‘yinlarida yana qizil rangli libosda maydonga tushadi.

Keyn uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

Xarri “PSJ”ga o‘tmasligini allaqachon ma’lum qilgan, shuning uchun "Bavariya" asosiy da’vogar bo‘lib chiqdi. Ammo endi u yana yolg‘iz emas. Athletic xabariga ko‘ra, agar 29 yoshli hujumchi kelasi mavsumda "Tottenxem"da qolsa, "Barselona" uni 2024 yilning yozida, ya’ni futbolchining amaldagi shartnomasi yakunlanganida tekinga olishga harakat qiladi.

Kiritildi: 07:01, 19.07.2023.
O'qildi: 8514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик