Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shveysariyalik himoyachi APLga o‘tishga yaqin

Shveysariyalik himoyachi APLga o‘tishga yaqin

Baho:
+ | -

"Vulverxempton" Bundesliganing "Borussiya Myonxengladbax" klubi bilan Shveysariya terma jamoasi himoyachisi Niko Elvedining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Athletic xabar beradi.

26 yoshli sportchining shartnoma muddati tugayapti va nashrning yozishicha, futbolchi uni uzaytirishni istamaydi. Bir muddat avval shveysariyalik yozda Myonxengladbaxni tark etishi xabar qilingandi.

Futbolchiga avvalroq Angliya va Italiya jamoalari qiziqish bildirayotgan edi, endi esa bitta jamoa favoritga aylandi.

Natan Kollinzni "Brentford"ga sotganidan keyin o‘zlari uchun yangi himoyachi izlayotgan "bo‘rilar" ayni damda Elvedi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Transfer narxi 11 million yevroga yetishi mumkin.

Kiritildi: 10:31, 19.07.2023.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик