"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bir qator futbolchilarning klubni tark etishi haqida gapirdi. “Aristokratlar” safida Romelu Lukaku, Pyer-Emerik Obameyang, Hakim Ziyesh va Kallum Xadson-Odoi ketishi mumkin.
“Bu qaror hamma roziligi uchun qabul qilindi. Futbolchilar va klub eng yaxshi yechimni topishga harakat qilmoqda”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Pochettino shu yilning yozida "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar hisoblanadi.