Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Pochettino effekti. "Chelsi" muhiti ijobiy tomonga o‘zgardi

Pochettino effekti. "Chelsi" muhiti ijobiy tomonga o‘zgardi

Baho:
+ | -

"Chelsi"ga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi uchun Maurisio Pochettinoga tom ma’noda bir hafta kerak bo‘ldi. Dushanba kuni tushdan keyin jamoa mavsumoldi safari uchun AQSHga yo‘l oldi. Vaholanki, Pochettino allaqachon futbolchilarni eng ijobiy tomondan hayratda qoldira olgan.

Bu yil "Chelsi"ning mavsumoldi jarayoni yanada chuqurroq ko‘rib chiqiladi: qayta qurish, boshqaruvni o‘zgartirish va hozirgi va sobiq rahbariyatning xatolarini tuzatish. Pochettino butun yoz davomida jurnalistlar nazarida bo‘ladi.

Rasman argentinalik iyul boshida ish boshlagan. U darrov muammoga duch keldi: ayrim futbolchilar terma jamoalar ixtiyoriga ketgani uchun (ba’zilari esa yaqinda Yevro U-21da o‘ynagan) turli sanalarda klubga qaytishdi. Bu oddiy amaliyot, lekin har qanday murabbiy uchun ideal ssenariy emas, ayniqsa jamoaga endigina qo‘shilgan va hamma bilan tezroq munosabatlar o‘rnatishni xohlaydigan kishi uchun. Har kuni yangi kelganlarga o‘z g‘oyalaringni takrorlash kerak bo‘lganda, o‘yinchilarga o‘z istaklaringni ishonchli tarzda yetkazish oson emas. Biroq, jamoadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Pochettino muvaffaqiyat qozonmoqda. Mashg‘ulotlarning birinchi haftasida asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi - boshqa klublar kabi. Pochettino darhol futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini o‘tgan mavsumning asosiy zaif tomonlaridan biri sifatida ta’kidladi. Nafaqat zaif o‘yinlar, balki jarohatlar soni ham ko‘p edi.

Klubdagi manbalarning ta’kidlashicha, Pochettino bilan ikki hafta ishlaganidan keyin futbolchilar bu ko‘p yillardan beri eng qiyin mavsumoldi davri ekan. O‘yinchilarga qo‘yilgan talablar so‘nggi 12 oydagi har qanday mashg‘ulotga qaraganda ancha yuqori. Futbolchilar imkon qadar kuchliroq jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki martalik mashg‘ulotlarni olib borishyapti. Intervalli yugurish, bunda o‘yinchilar avvaliga 45 soniyada 150 metrga yugurishlari kerak bo‘ladi, 15 soniyalik pauzadan keyin esa masofa 6,25 metrga oshadi. Sinov 45 soniyalik oshib boradigan masofalargacha davom etadi.

Kobxem (mashg‘ulot maydoni)ni atrofida kameralar o‘rnatildi - har bir mashg‘ulot yozib olindi. Bu murabbiylar shtabiga mashg‘ulotlarni qayta ko‘rib chiqishga, o‘yinchilarga fikr-mulohazalarini bildirishga yordam beradi: kimgadir nimani yaxshilash, nima ustida ko‘proq ishlash kerakligi aytilgan, kimdir ajoyib natijalar uchun maqtovga sazovor bo‘lgan. Pochettino qo‘l ostida mashg‘ulot xonasidagi ishlar butunlay qayta ko‘rib chiqildi. Argentinalik shtab-kvartirasi mashqlar darajasini diqqat bilan kuzatib boradi. Maurisio va uning jamoasiga aytilishicha, ilgari sport zalidagi ba’zi o‘yinchilar o‘zini ko‘p mehnat qilayotgandek ko‘rsatishgan va keyin hammadan oldin ketib qolishgan. Endi bunaqa yolg‘onchiliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, murabbiydan oldin hech kim zalni tark etmaydi - Pochettinoning yordamchilari futbolchilar to‘liq mashqlar to‘plamini bajarishlariga ishonch hosil qilishadi. Zaldagi ish saviyasi futbolchilarga tezroq yaxshi jismoniy faoliyatga qaytishga yordam berdi, Maurisio esa futbolchilardan qaysi biri qattiq ishlashga va murabbiyga ergashishga tayyor ekanligini tushunib oldi.

Shuningdek, asosiy muammolardan biri ruhiy pasayishda bo‘lgan: “Chelsi” o‘tgan mavsumda atigi 44 ochko to‘plagan (zamonaviy Premyer-liga tarixidagi klubning eng yomon natijasi). Pochettino futbolchilarga ishonch berishi, jamoa ruhini tiklashi kerak edi. O‘yinchilarni sotish va tarkibni qisqartirish bunga yordam berdi. Endi siz haqiqatan ham klubda bo‘lishni xohlaydiganlar bilan yangi muhit yaratishingiz mumkin.

O‘yinchilarni yanada do‘stona qilish uchun jamoa a’zolaridan har kuni toza ishlaydigan guruhlarni shakllantirish kerak edi. Klublarda ko‘pincha futbolchilardan iborat "to‘dalar" mavjud. Pochettino shu tariqa o‘yinchilar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qotmoqchi. Xuddi shu g‘oyani Pochettino "Kobxem"dagi birinchi kunida klub xodimlari uchun uyushtirgan barbekyusi orqali ilgari surdi. Tadbir uchun taklifnomalarni asosiy jamoaga aloqador bo‘lganlarning barchasi oldi. Maurisio va uning murabbiylar shtabi butun tarkib bilan ochiq muloqot qildi, ular hamma bilan tanishishni istashdi. Bu ham klubda birdamlik muhitini yaratishga yordam berdi. Mavsum davomida futbolchilar ko‘pincha murabbiylar shtabi bilan emas, balki klubning kichik xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatda ko‘proq bo‘lishadi. Shu bois, klub xodimlari o‘zlarini baxtliroq his qilsalar va o‘zaro jarayonda ishtirok etsalar, o‘yinchilar ham xodimlar bilan muloqot qilishda o‘zlarini yaxshi his qilishadi.

Aytgancha, o‘zaro aloqa haqida. Pochettino o‘yinchilar haqida o‘z fikrini bildirish uchun ular bilan bir qator suhbatlar o‘tkazdi. Maurisio, shuningdek, futbolchining o‘zini qanday his qilayotgani va o‘tgan mavsumdagi xatolari haqida qanday fikrda ekanligini so‘radi. Futbolchilar bilan shaxsiy suhbatlar ko‘p uyushtirildi, Pochettino ularga o‘ziga ishonish va muammolar haqida halol gapirish mumkinligini isbotladi.

Klub Pochettinoga optimistik ruhda qaramoqda. U rejasi bor odam, o‘ziga ergashishlarini xohlaydi. Uning birinchi intervyusida qanday so‘zlagani, birinchi matbuot anjumani va kengaytirilgan konferensiyani qanday o‘tkazgani ham bunga ishonch hosil qilishga yordam berdi. U birinchi kundan boshlab g‘alaba qozonish zarurligini ta’kidladi.

Taktika bo‘yicha ham ish boshlandi, ammo hozircha minimal darajada, mashg‘ulotlarda ko‘pincha jamoa fizika ustida ishladi. Pochettino 4-2-3-1 sxemasida o‘ynashni rejalashtirayotganini aniq aytdi. Bu tarkibda qanot himoyachilari ancha yuqori mas’uliyat olishadi - xuddi Maurisio "Tottenxem"da Kayl Uoker va Denni Rouzni ishlatgan ssenariyga o‘xshaydi. Pochettino yana ijodiy "o‘nlik"ni joriy qilmoqchi - bu futbolchi hujumchi ostida o‘ynaydi. Argentinalik murabbiyning futbolchilarni jismoniy tayyorgarlik ustida qattiq ishlashga majburlashiga yana bir sabab Pochettinoning shiddatli va yuqori bosim bilan o‘ynash istagidir. Jamoaning maqsadi to‘pni imkon qadar raqib jarima maydonchasiga yaqinlashtirish bo‘ladi. Ha, hatto markaziy hujumchi ham pressingda harakat qilishi kerak.

Klub mavsumoldi tarkibda o‘tgan yilgidan ko‘p futbolchilar yig‘ilmaganiga ishonch hosil qildi, 29 ta futbolchi AQSHga jo‘nab ketdi. Shu sababdan Hakim Ziyesh, Romelu Lukaku va Pyer-Emerik Obameyangdan keyinroq "Kobxem"ga qaytishlari so‘ralgan. Agar futbolchilar murabbiylik rejalariga kiritilmagan bo‘lsa, Maurisio londonliklar safida uzoqroqqa ketadiganlar bilan shug‘ullanishi kerak. Lekin Pochettino yoshlarni e’tiborsiz qoldirmaydi, ular bilan ishlashni istaydi. Bashir Xamfris va Yan Masen asosiy tarkib bilan mavsumoldi tayyorgarlikka borishdi. Ha, ular bu turnedan keyin ham jamoani tark etishlari ehtimoli bor, lekin ularning ushbu ro‘yxatga kiritilishi Pochettino hayratga tushganini bildiradi. Akademiyaning boshqa o‘yinchilari ham AQSHga yo‘l olishdi: Meyson Barstou, Alfi Gilkirst, Chezare Kazadei va Lyuis Xoll.

Pochettino "Chelsi" rahbariyatida yaxshiroq taassurot qoldirishiga ishonmoqda. Klubning oldida beshta o‘rtoqlik o‘yini bor, eng yaqin o‘rtoqlik uchrashuvi "Reksem"ga qarshi ertaga Shimoliy Karolinada bo‘lib o‘tadi. Hali ish ko‘p. Ammo hozircha hammasi yaxshi ketmoqda.

Kiritildi: 14:02, 19.07.2023.
O'qildi: 3725 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.