Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Andijon» - «Xo‘jand» o‘yini oldidan bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

«Andijon» - «Xo‘jand» o‘yini oldidan bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Tojikistonda yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Andijon” u yerdagi so‘nggi nazorat uchrashuvida bugun Xo‘jand shahrida mahalliy “Xo‘jand” klubiga qarshi maydonga tushadi.

E’tiborli jihati shundaki, “Andijon” hamda “Xo‘jand” klublari sobiq Ittifoq paytidagi chempionatda hammasi bo‘lib 10 marotaba to‘qnash kelishgan. Ilk uchrashuv 1986 yilning 3 avgust kuni o‘tkazilgan bo‘lsa, oxirgi uchrashuv 1991 yilning 1 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Aynan ushbu yilgi chempionatda Andijonda 4:2 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, Xo‘jandda maydon egalarining qo‘li baland kelgan - 2:0.

Statistika shundayki, 10 ta uchrashuvning 6 tasida “Andijon”, 4 tasida esa “Xo‘jand” g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati 24-19, jamoamiz foydasiga. Oradan 32 yil o‘tib, “Andijon” va “Xo‘jand” jamoalari yana maydonda uchrashishadi va bu safar xalqaro o‘rtoqlik maqomida.

Ayni chog‘da “Xo‘jand” klubi Tojikiston oliy ligasida 14 ta o‘yinda 4 g‘alaba, 5 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etib, 17 ochko jamg‘arib, 10 ta jamoa orasida 6-o‘rinni band etib turibdi.

“Xo‘jand” klubiga Farruh Marofiyev bosh murabbiylik qilmoqda. U shuningdek, parallel ravishda klub ijrochi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Qolaversa, ushbu jamoa safida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchilar – Firdavs Abdusalimov va Xushnud Bozorov to‘p surishmoqda. Bundan tashqari, tarkibda Serbiya, Janubiy Koreya va Kamerundan kelgan legionerlar ham bor.

“Xo‘jand” – “Andijon” o‘rtasidagi o‘yin bugun Xo‘janddagi “Mustaqillikning 20 yilligi” nomli stadionda soat 18:00 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:36, 20.07.2023.
O'qildi: 1779 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик