Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Dani Alveshning onasi sobiq kelinidan rosa xafa

Dani Alveshning onasi sobiq kelinidan rosa xafa

Baho:
+ | -

«Bir odamni 30 yil yediring, ichiring, kiyintiring, u esa sizni 3 kunda unutadi» - xonim o‘g‘lining sobiq turmush o‘rtog‘ini faylasuflarga xos kuchli sitata bilan qattiq tanqid qildi. Aytish joiz, Dani Alveshga hamon 12 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda. Eslatma, Barselona tungi klublaridan biridagi zo‘rlash jinoyatida ayblanayotgan futbolchi yanvar oyidan buyon hibsda...

Eng yaxshi davrini «Barselona»ga bag‘ishlagan Dani Alvesh qamoqxonada turib, ketma-ket intervyu berayotgan bir pallada uning sobiq rafiqasi Joana Sans o‘zini mutlaqo chetga olmoqda, yuz bergan voqeliklarga nisbatan qandaydir munosabat bildirishdan tiyilmoqda: «Bo‘ldi, chekinaman. Dani gapiraversin. Xohlasa, tan olsin, xohlasa, rad etsin. Endi unga bog‘liq ishlar haqida hech narsa bilishni istamayman». Joananing ushbu pozisiyasi Lusiya Alvesh xonimga aslo yoqmadi, albatta. Har holda, braziliyalik himoyachining onasi ijtimoiy tarmoqlar orqali darhol javob qaytardi model rolida ancha tanilgan sobiq keliniga. To‘g‘risi, hattoki, Zlatan Ibragimovich ham bu qadar rang-barang va o‘tkir iqtibos keltirolmasmidi...? «Agar oddiy itni 3 kun boqsangiz, u sizni 30 yil eslab qoladi. Agar bir odamni 30 yil yedirsangiz, ichirsangiz, kiyintirsangiz, u sizni 3 kunda unutadi...», - deb yozdi Lusiya Alvesh. Chindan ham, o‘ta faylasufona, o‘tkir va «achchiq« iboralar yig‘indisi.

To‘g‘ri, Danining onasi ushbu «nish» kimga qaratilganini ochiqlamagan, ammo bu Joananing bayonotiga munosabat ekanligini fahmlash uchun dono bo‘lish shart emas. Diario Sport nashrida El Periodico xabariga tayanib yozilishicha, Dani Alvesh ishi bo‘yicha hukm oktyabr yoki noyabrda e’lon qilinadi. Hozircha futbolchining sobiq turmush o‘rtog‘i betaraflik taktikasini tanlagan ko‘rinadi: ortiqcha izohlardan qochish va sud hukmini kutish... 

 A.ABDUVALIXO‘JAYEVtayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 20.07.2023.
O'qildi: 2723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.