"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pyero Gasperini "Manchester Yunayted"ning hujumchi Rasmus Xeylundga qiziqishi haqida fikr bildirdi.
"Xyoylund qoladimi yoki ketadimi, bilmayman, lekin umid qilamanki, klub uni 80, 90 yoki 100 million yevroga baholaydi. Rasmus - Yevropaning eng yaxshi yosh hujumchilaridan biri, - dedi u Sky nashriga.
20 yoshli Xeylund o‘tgan mavsum A Seriyaning 32 o‘yinida 9 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.