"Vulverxempton" sport direktori Mett Xobs jamoaning so‘nggi xaridi haqida gapirdi. U Mett Doertining kelishini shunday baholaydi:
"Biz uning qaytganidan baxtlimiz. "Atletiko" va "Tottenxem"dagi ishlaridan keyin Doerti yana o‘ziga ishonchni qatarishi kerak. Bu yo‘lda esa biz unga yordam beramiz. O‘ylaymanki, u himoyadagi sifatni oshiradi. Doertining tajribasi bizga asqotadi".
Irlandiya terma jamoasi a’zosi 2020 yilda "Tottenxem"ga yo‘l olgan edi.