"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Emre Jan jamoa bilan yangi shartnoma imzolash borasida kelishib oldi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 29 yoshli nemis "asalarilar" bilan yangi 3 yillik shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Amaldagi kelishuv 2024 yilda yakunlanishi kerak edi.
Jamoa bosh murabbiyi Edin Terzich bu kelishuvda muhim rol o‘ynadi.