Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Pavel Rodnenok: «Husanov masalasida telefon yil bo‘yi tinmadi...»

Pavel Rodnenok: «Husanov masalasida telefon yil bo‘yi tinmadi...»

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining eng yaxshi himoyachisiga ekspert xarakteristika.

Avvalgi hafta barchamizga yoqimli xabar tarqaldi: «Energetika-BGU» klubi sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy jamoasining yangi vakili Abduqodir Husanov Fransiya chempionati kumush medali sovrindori va CHL guruh bosqichi ishtirokchisi «Lans» safiga qo‘shilmoqda. Tabiiyki, hozirda 19 yoshli legionerimizga qiziqish har qachongidan kuchli. Belarusning Football.by sayti shuni inobatga olgan holda, «Energetik-BGU» murabbiylaridan biri Pavel Rodnenokka yuzlandi. Birinchidan, bu mutaxassis 2 yildan ortiq vaqt davomida Husanov bilan muntazam ishladi. Ikkinchidan, Rodnenok ham vaqtida himoyada o‘ynagan (Belarus terma jamoasi sobiq vakili ittifoq davrida Minsk «Dinamo»si bilan kubok turniri finalida ishtirok etgan, qolaversa, qatorasiga 3 mavsum yevrokuboklarda qatnashgan). Uchinchidan, u so‘zga chechan tafsilotlarni o‘zgacha bayon etadi.

- Hamma Husanov naqadar yaxshi o‘ynayotganini ko‘rib turibdi. Qiziq, u aynan qaysi fazilatlari evaziga Belarus ligasi o‘lchovi buyicha yetuk markaziy himoyachiga aylandi? 

- Abduqodirning potensial imkoniyati shunchaki, cheksiz. O‘ylashimcha, uning chamasi 50 foiz qirrasini ochib berdik, xolos. Bu yevrostandart - Yevropa darajasidagi futbolchi. Husanov ayniqsa, jismonan shakllangan. Har jabhada yaxshi sifatlarga ega, jumladan, portlovchi tezlik sohibi. Yana vaziyatlarni oldindan ilg‘aydi — bu sifat unda eng yuqori darajada. Qolaversa, aqlli kurashchi. Xarakteri metin, chinakam yadro. Hattoki, bosh bilan ham «podkat» usulini ishlata oladi. Darvozani goldan saqlash uchun har narsaga tayyor yigit. Ruhan ham bardoshli. Diqqatini to‘liq futbolga qaratadi, aniq maqsadi sari to‘g‘ri harakatda. Asosiysi, o‘ta mehnatkash. U bilan himoyachining tarkibiy vazifalariga qaratilgan mashg‘ulotlarda katta hajmda individual ish olib bordik. Husanov bilan 2 yil shug‘ullanganim uchun bemalol ayta olaman, u hozirda Belarus chempionatining eng yaxshi himoyachisi.

- 19 yoshli yigitchaning barcha sifatlarni o‘zida to‘liq mujassam etgani ajablanarli...

- U yoshiga nisbatan rivojlanib ketganmi? Sizga shunday tuyulishi mumkin. Eslatishim kerak, Abduqodir 2021 yili butun mavsum davomida shunchaki, «Energetik» mashg‘ulotlarida ishtirok etdi, chunki 18 yoshga to‘lmagani uchun chempionat o‘yinlarida maydonga tusholmasdi. O‘shandayoq unda xohish sezilib turgandi, salomatligi ham joyida edi. Oddiy aytganda, ona tabiat nima in’om etgan va otasi (O‘zbekiston milliy jamoa­si sobiq fuitbolchisi Hikmat Hoshimov)dan o‘tgan qobiliyatlarni mujassamlashtirgani ko‘rinib turardi. Qolgani — texnika, taktika va boshqa jihatlarni mashg‘ulotlar orqali o‘zlashtirdi.

- Demak, undagi iste’dodni rivojlantirish talab etilgan...

- Shunday. Hamisha futbolchi salohiyatini boshidanoq chamalaymiz. Qaytaraman, Abduqodirda cheksiz iste’dod bor. Yigitchaning faoliyati qay darajada yuksalishi esa murabbiylar shtabining unga nisbatan munosabatiga bog‘liq. 

- Husanov ilk mashg‘ulotdayoq aql bovar qilmas taassurot qoldirgani rostmi?

- Ha, barchasi yaqqol ko‘zga tashlangandi. O‘sha mashg‘ulotda himoyachilar bilan alohida ishladim. Bizda turli jihatlarga yo‘naltirilgan mashq­lar bor edi. U meni darhol savollarga ko‘mib tashladi. Barchasi chuqur mulohazali va aniq. Sezdimki, yigitcha himoyaviy harakatlar mohiyatini to‘liq anglamoqchi. «Nega bu yerga yugurishim kerak? Nega u tomonda ochilishim kerak? Nega bu nuqtaga chiqishim kerak?» - sobitqadam futbolchiga bu kabi savollar yuzasidan batafsil tushuntirish berganmiz, albatta.

- Mashg‘ulot jarayonidagi yuklamalarga qanday dosh berdi?

- Matonat bilan va munosib. U bilan ishlash yoqimli bo‘ldi.

- Husanovda asosiy funksional xislatlardan tash­qari, jarima zarbalari ham noodatiy...

- Darhaqiqat, u aniq va no­standart zarba yo‘llash qobiliyatiga ega. Umuman olganda, o‘z vatanida tayanch yarim himoyachisi sifatida ham to‘p surgan. Biz esa uni markaziy himoyaga munosib ko‘rdik. Mana, bundan qanday natija chiqqanini ko‘rib turibmiz.

- Husanov bahorda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi va jahon chempionatiga bordi. Ushbu turnirlardan qanday holatda qaytdi?

- Charchoq bilan. Birinchidan, bunday musobaqalarda juda kuchli ruhiy bosim bor. Qisqasi, yigitchaning tiklanishiga 2 hafta kerak bo‘ldi.

- U hozirgi va sobiq himoya­chilardan aynan kimlarni eslatadi?

- Hech kimni. Chunki o‘ziga xos uslubi bor - noyob futbolchi. Xullas, unga o‘xshashini topolmayapman. Kimdir qaysidir yorqin sifati bilan ajralib tursa, Husanovda barchasi mujassam, yana yuqori darajada. Shu ma’noda u hech kimga o‘xshamaydi.

- «Lans» varianti qanday tug‘ildi?

- Bilmadim. Yaqinda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi JCH? Ehtimol, mundialdagi ishtiroki turtki bergandir. Faqat bir gapni aniq aytaman: yil davomida Husanov masalasida qo‘ng‘iroqlar tinmadi. Yevropa, Osiyo, Rossiya, har joydan: «Iltimos, ushbu himoyachiga tavsif bersansiz».

- Husanov deylik, Umarov kabi quvnoqmi yoki Yaxshiboyev va Abduxoliqovdek kamtar?

- U xuddi Bobur kabi kamtar. Juda odobli. Buning uchun ota-onasiga tasanno.

- Abduqodir Ramazon oyi­da ro‘za tutdimi?

- Ha, to‘liq. Albatta, ancha qiynalganini sezdim. Muhimi, temir xarakteri va qat’iya­ti bilan barchasini uddaladi.

- Til to‘sig‘i? Har holda, O‘zbekistonning yosh vakillarida bu muammo ko‘proq uchraydi keksa avlodga nisbatan.

- Boshida bu muammo biroz sezildi. Hozir esa hammasi joyida. Husanov rus tilida yaxshi gapiradi va tushunadi.

- Uning «Lans» bilan shartnomasi - «Energetik» murabbiylar shtabi uchun mohirona ish faoliyatining yana bir isbotimi?

- Husanovga salohiyatini yuzaga chiqarishda yordam berganimiz rost. Agar «Energetik»ka kelmaganida, ehtimol, hozirgidek yorqin futbolchiga aylanmasdi. Murabbiylar shtabi shunchaki, o‘z zimmasidagi ishni bajardi. Uning yuqori darajali futbolchi ekanligi boshidanoq sezilgandi. Oddiy ifoda etganda, hali ishlov berilmagan olmos edi. Bizdan esa unga faqat ishlov berish talab etildi.

Abduqodir Husanov football.by nashri talqini bo‘yicha Belarus chempionati Oliy ligasi birinchi davrasi ramziy jamoasidan joy oldi. Eslatma, hamyurtimiz joriy mavsum «Energetik-BGU»ning 8ta o‘yinida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 3ta tur ramziy jamoasiga kiritildi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:16, 21.07.2023.
O'qildi: 4544 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.