"Barselona" yarim himoyachisi Pedri yangi jamoadoshi Ilkay Gyundoganning transferi haqida fikr bildirdi.
"Biz hammamiz uni "Manchester Citi"da o‘ynagan paytdan bilardik va endi uni har kuni mashg‘ulotda ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldim, u ajoyib o‘yinchi", - dedi Pedri Mundo Deportivo nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Gyundogan kataloniyaliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.