Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Abduqodir Husanov JCH-2026ning eng tezkor futbolchilari orasida top-5dan joy oldi

Abduqodir Husanov JCH-2026ning eng tezkor futbolchilari orasida top-5dan joy oldi

Baho:
+ | -

TransferRoom tahliliy platformasi 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari orasidagi eng tezkor futbolchilar reytingini e’lon qildi. Reyting o‘yinchilarning so‘nggi bir yil davomida qayd etgan eng yuqori tezlik ko‘rsatkichlari asosida tuzilgan.

Reytingga Angliya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Entoni Gordon peshqadamlik qildi. 25 yoshli futbolchi soatiga 36,7 kilometr tezlik ko‘rsatgan. Ikkinchi o‘rinni Iroq terma jamoasi yarim himoyachisi, «El-Vajba» klubi a’zosi Ahmad Qosim (36,0 km/soat) egalladi. Uchinchi pog‘onadan Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland (35,6 km/soat) joy olgan.

O‘zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov 35,5 km/soatlik natija bilan to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

JCH-2026ning eng tezkor 10 nafar futbolchisi:

  1. Entoni Gordon (Angliya), «Barselona» — 36,7 km/soat

  2. Ahmad Qosim (Iroq), «El-Vajba» — 36,0 km/soat

  3. Erling Xoland (Norvegiya), «Manchester Siti» — 35,6 km/soat

  4. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston), «Manchester Siti» — 35,5 km/soat

  5. Matias Fernandes-Pardo (Belgiya), «Lill» — 35,5 km/soat

  6. Kilian Mbappe (Fransiya), «Real» — 35,5 km/soat

  7. Pedru Netu (Portugaliya), «Chelsi» — 35,5 km/soat

  8. Olvetu Maxanya (Janubiy Afrika Respublikasi), «Filadelfiya» — 35,4 km/soat

  9. Entoni Elanga (Shvesiya), «Nyukasl» — 35,4 km/soat

  10. Jeykob Shaffelberg (Kanada), «Los-Anjeles» — 35,4 km/soat.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs Meksika poytaxtida joylashgan afsonaviy «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 20:57, 16.06.2026.
O'qildi: 2328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик