Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli fransuz «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo uchun daxlsiz futbolchi hisoblanmaydi. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis Tchuamenini o‘zi uchun haqiqatan ham muhim futbolchilar bo‘lgan Bellingem va Valverde bilan bir qatorga qo‘ymayapti.
Yakunlangan klub mavsumida Tchuameni barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan edi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer bahosi 70 million yevroni tashkil etadi.













