Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoyachi Federiko Valverdeni jamoadan chiqarib yuborishni xohlamoqda.
Jurnalist Ignasio Sanches ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis urugvaylik futbolchining jamoa ichidagi xatti-harakatlari bo‘yicha juda salbiy hisobotlar olgan. Unda aytilishicha, Valverde avvalgi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan janjallashgan, jamoa a’zolari bilan munosabatlari ham sovuq bo‘lgan, shuningdek, bir qator futbolchilar uni tarkibda ko‘rishni xohlamaydi.
Shuningdek, jamoa ichkarisidagi norozilikning asosiy omillaridan biri sifatida fransuz yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni bilan bo‘lgan mojaro ham tilga olingan. Manbaga ko‘ra, Mourinyu klub rahbariyatidan Valverdeni sotish bo‘yicha chora ko‘rishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil may oyida Valverde va Tchuameni o‘rtasida keskin nizo yuzaga kelib, u hatto janjalga aylangan edi. Tekshiruvdan so‘ng har ikki futbolchi jarimaga tortilgan va keyinchalik murabbiylar shtabi, klub hamda muxlislardan uzr so‘ragan.
Joze Mourinyu 11 iyun kuni rasman «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Uning asosiy vazifalaridan biri mavsumdagi omadsizliklardan so‘ng jamoa kiyim almashtirish xonasida tartib o‘rnatish hisoblanadi.













