Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Metallurg» Vladislav Kasminin bilan xayrlashdi

«Metallurg» Vladislav Kasminin bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Superliganing barcha jamoalari singari Bekobodning “Metallurg” klubi ham ikkinchi davra bahslariga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Vesko Steshevich yetakchiligidagi futbolchilarimiz qisqa ta’tildan keyin tayyorgarlikni asosan o‘z qarorgohida olib bordi. Har haftalik mashg‘ulotlar sikli esa nazorat uchrashuvlari bilan intiho topdi. Dastlabki nazorat uchrashuvida Pro liga yetakchilaridan biri “Lokomotiv” (Toshkent) bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekilgan bo‘lsa, ikkinchi hafta yakunida “qaldirg‘och”larga qarshi o‘yin o‘tkazildi. Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi davra arafasida jamoa tarkibida juz’iy o‘zgarishlar bo‘layapti. Muqaddam, jamoa legioner o‘yinchilari Marko Obradovich, Filip Stamenkovich bilan do‘stona xayrlashilgani xabar qilingandi. O‘tgan hafta klubini yana bir xorijlik futbolchi – Vladislav Kasminin tark etdi. Yozgi transferdan foydalangan holda u faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni ixtiyor etdi.

Mahalliy o‘yinchilardan Abduvohid Oxtoyev, Arslonbek Bahromov, Akbar Abdurasulov, Asilbek Qayumov, Ibrohim Ibragimov, Abdujalil Manazarov, Rian Islamov, Ravshan Xayrullayevga ham boshqa jamoalarda faoliyat yuritishlariga ruxsat berildi. Ularning aksariyati bilan shartnoma muddati hali yakuniga yetgani yo‘q. Faqat klubda o‘yin amaliyotiga kam ega bo‘layotganliklari bois boshqa klublarda ijara asosida o‘ynash imkoniyati taqdim etildi.

Ikkinchi davra uchun jamoamiz o‘z tarkibini kuchaytirish masalasini ham esdan chiqargani yo‘q. Ayni paytda bir qator tajribali, mahoratli o‘yinchilar jamoa yig‘inida qatnashayapti. Ularning aksariyati bilan kelishuvga erishilgan. Tez orada yangi o‘yinchilar haqida ma’lumot beriladi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:29, 22.07.2023.
O'qildi: 1111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик