Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xusanov "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi

Xusanov "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Belarusning "Energetik-BGU" sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Abduqodir Xusanov jamoasi bilan xayrlashdi.

Hurmatli "Energetik-BGU" xodimlari, muxlislari va ushbu klubga aloqador barcha!

Minskda o‘tkazgan vaqtim uchun sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz tufayli men ham futbolchi, ham shaxs sifatida o‘sdim - yanada yetuk bo‘ldim, yangi sinovlarga tayyorman. Ulardan biri meni tez orada kutmoqda.

Men "Energetik"ga O‘zbekistonning kam tanigan, yosh futbolchisi sifatida keldim va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘olib chiqqan, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoa futbolchisi sifatida ketyapman.

Bularning barchasi - meni o‘rab olgan, har tomonlama yordam bergan va har kuni yaxshiroq bo‘lishimga hissa qo‘shgan siz bilan bog‘liq.

Jamoadoshlarim va "Energetik-BGU" murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman. Menga professional o‘sishda yordam bergan Anatoliy Ivanovich Yurevichga alohida rahmat.

"Energetik" menga katta futbolga yo‘l berdi va shuning uchun u mening qalbimda abadiy o‘z o‘rnini egallaydi.

Barchangizga katta rahmat! Abduqodir Xusanov" - deb post qoldirdi hamyurtimiz o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Kiritildi: 17:33, 22.07.2023.
O'qildi: 3556 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик