"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau hujumchi Allan Sen-Maksiminning kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ehtimol, u ketadi, ammo bu amalga oshmaguncha, tafsilotlarga kirish qiyin. Biz Premyer-ligadagi har qanday klub kabi qoidalarga amal qilamiz", - deya Xauning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.