Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Ilkay Gyundogan haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Ilkay Gyundogan haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Baho:
+ | -

Bundan atigi bir necha kun avval «Manchester Siti»ning YECHLdagi dastlabki zafarini ta’minlagan yarim himoyachi «Barselona»ga o‘tdi.

Ha, oxirgi 10 yil ichidagi eng yaxshi yarim himoyachilar safidan joy olgan Ilkay Gyundogan o‘z faoliyatini Ispaniyaning amaldagi chempioni tarkibida davom ettirishga qaror qildi. Uni yaxshi bilmaydigan futbol muxlislari quyidagi material orqali futbolchiga oid 10ta fakt bilan tanishib olishlari mumkin.

1. Ilkay Gyundogan - turklar avlodidan chiqqan Germaniya fuqarosi. Uning ota-onasi turkiyaliklar, biroq Ilkay 1990 yilning 24 oktyabrida Gelzenkirxen shahrida tavallud topdi. U 2011 yildan beri xalqaro arenalarda Germaniya sharafini himoya qilib kelmoqda, 2 martadan jahon va Yevropa chempionatlarida ishtirok etdi.

2. Kataloniya grandi safiga o‘tish bilan Gyundogan «Barselona»da to‘p surgan 18-germaniyalik futbolchi maqomiga ega bo‘ldi. Ularning 11 nafari 1915 yilgacha o‘ynagan futbolchilar, qolganlari 2014 yildan keyin kelishgan. Kevin-Prins Boateng Germaniyadan tashqari, Gana fuqaroligini ham olgan.

3. Professional futbolda Ilkay Ikkinchi Bundesliganing «Nyurnberg» jamoasida nishonlagan va jamoaning Birinchi Bundesligaga ko‘tarilishiga yordam bergan. O‘zining Bundesligadagi dastlabki golini Gyundogan «Bavariya» darvozasiga urgan. Lekin u hozir ham «Nyurnberg» muxlisi.

4. Gyundogan hozir 32 yoshda, u YECHLning 3ta finalida maydonga tushgan. 2013 yilda «Borussiya Dortmund» tarkibida «Bavariya» darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsada, yakunda uning jamoasi mag‘lubiyatini tan olgan. 2021 yilda «Manchester Siti» «Chelsi»ni (2:1), bu yil «Inter» «Milan»­ni (1:0) mahv etganida, Ilkay mag‘lubiyatga uchragan jamoalar tomonida bo‘lgan.

5. O‘sha o‘yinda Manchesterdagi 7 mavsumda so‘nggi marta «shaharliklar» libosida maydonga tushdi. Ilkay 2022 yilda Fernandinyo o‘rniga jamoa sardori etib tayinlandi. Aslida, u Xosep Gvardiola davridagi dastlabki futbolchi. Ular hamkorlikda 14ta yirik sovrinlarni qo‘lga kiritishgan.

6. Gyundogan - 2004 yilda «Barsa»ga kelgan Dekudan keyin amaldagi ilk Yevropa chempioni.

7. Ilkay o‘z faoliyatida 3 nafar buyuk murabbiylar bilan hamkorlik qilgan: Yurgen Klopp (2011-2015 yillar, «Borussiya D.»), Tomas Tuxel (2015|2016, «Borussiya D.»), va Xosep Gvardiola (2016-2023 yillar, «Manchester Siti»). Endi esa u buyuk Xavi Ernandes bilan hamkorlik qiladi.

8. Gyundogan - ham «Manches­ter Siti»da, ham «Barsa»da to‘p surgan 13-futbolchiga aylanadi. Undan avval Serxio Aguero, Erik Garsiya va Ferran Torreslar mazkur duetning so‘nggi vakillari bo‘lishgandi. Ilkay shuningdek, «Borussiya D.» va «Barsa»da o‘ynagan 7-futbolchi bo‘ladi. Bundan tashqari, 2011 -2014 yillar oralig‘ida u Robert Levandovski bilan «Borussiya D.» sharafini himoya qilgan.

9. Ilkayning amakivachchasi Naz Aydemi - professional voleybolchi sifatida 2012 va 2021 yillarda Turkiya sharafini himoya qilgan.

10. Gyundogan saxovatpeshalik fazilati bilan ham mashhur. 2021 yilda u Germaniyadagi sel toshqinlaridan keyin ko‘chat ekish kampaniyasiga ehson qilgan. Keyin Turkiyadagi yong‘in asoratlarini bartaraf etishga mablag‘ ajratgan. Shuningdek, u ekologik barqarorlikni ta’minlash dasturini amalga oshirilishida mablag‘ to‘plashlari uchun bir qator shaxsiy buyumlari, kiyim-kechaklarini ehson qilgan. Xullas, germaniyalik turk o‘g‘loni qo‘li ochiq, serhimmat yigit!

 D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:01, 23.07.2023.
O'qildi: 2542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик