Gvardiola o‘zining 14 yillik murabbiylik faoliyati davomida "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti"da ishlagan. U mana shu 14 yilning 11 yilini mamlakat chempioni sifatida tugatgan edi. Qolgan uch yilda, kataloniyalik mutaxassis jamoasi ikki bor ikkinchi, bir yil esa uchinchi o‘rinni egallaydi. sh
Shu davr davomida Gvardiola jamoasidan faqatgina to‘rtta murabbiy o‘zib keta olgan xolos. Quyida o‘sha ayrim o‘ziga xos nomlar kim ekanini bilib olasiz.
Joze Mourinyo – "Real" (2011-12)
Gvardiola o‘zi tarbiya topga klubni 2008 yildan 2011 yilga qadar ketma-ket chempionlikka yetaklaydi. 2010 yilda, "Real" "Inter"da qahramonliklar ko‘rsatgan (treblga erishgan) Joze Mourinyoni olib keladi. Uning oldiga gegemonlik qilayotgan "Barselona"ning "surobini to‘g‘irlab qo‘yish" vazigafi qo‘yilgandi. 2011 yilda "Real" mamlakat kubogi finalida "Barselona"ni mag‘lub etadi. Biroq, liga va YECHL yana boy berildi. Mourinyoning "Real"dagi ikkinchi mavsumi fantastik darajada o‘tdi. U "qirollik klubi"ni 100 ochko bilan Ispaniya chempioniga aylantirdi. 2012 yilda Gvardiola "Barsa"dan ketganini e’lon qilib, Nyu-York shahrida ta’tilini o‘tkazadi. Shu-shu, u La-ligaga qaytmadi.
Antonio Konte – "Chelsi" (2016-17)
Gvardiola 2016 yilning yozida "Manchester Siti"ga olib kelinadi. U bundan oldin "Bavariya" bilan ketma-ket uch mavsum Bundesliga chempioni bo‘lgandi. Angliyadagi debyut omadli bo‘lmaydi. Gvardiola jamoasi kuz davomida mag‘lubiyatlarga uchrab, "Chelsi"ni ancha oldinga o‘tkazib yuboradi. London klubida esa Konte ish boshlagan edi. Italiyalik mutaxassis "Chelsi"ni 2017 yilning may oyida 91 ochko bilan chempion qiladi. "Shaharliklar" esa mavsumni uchinchi o‘rinda tugatadi. O‘sha mavsum Gvardiola faoliyatidagi yagona sovrinsiz o‘tgan davrga aylanadi.
Maurisio Pochettino – "Tottenxem" (2016-2017)
2016-2017 yilgi mavsumda faqatgina "Chelsi" Gvardiola jamoasidan o‘zib ketmgandi. Orada ikkinchi o‘rindagi "Tottenxem" ham bӯlgan. Mavsum aynan "Tottenxem" va "Chelsi" o‘rtasidagi kurash bilan kechadi. "Shporlar" hujumi ajoyib edi. Pochettino old-chiziqda Keyn, Son, Dele Alli va Eriksen bilan fantastik kvartet yasaydi. Ular 2017 yilni jami 69 ta gol va 35 ta assist bilan tugatishadi. Shuningdek, Pochettino jamoasi oktyabr oyida "Manchester Siti"ni 2-0 hisobida dog‘da qoldiradi. Javob uchrashuvi esa 2-2 hisobida tugaydi. Shunday qilib, "Manchester Siti" "Tottenxem"dan 8 ochko kam to‘plagan holda mavsumni uchinchi o‘rinda tugatadi.
Yurgen Klopp – "Liverpul" (2019-20)
Kloppning Gvardioladan uzoq vaqtlik alami bor edi. Ular Bundesligada ko‘p bor to‘qnash kelishgan. Ammo har safar Gvardiola jamoasining qo‘li baland kelaverardi. Klopp ispaniyalik murabbiydan 8 oy oldin Angliyaga kelgan. U o‘zining ilk mavsumida "Liverpul"ni 4 o‘ringa erishtiradi. Klopp shogirdlari 2018-2019 yilda 97 ochko to‘playdi. Ammo bu chempionlik uchun yetarli bo‘lmagan. Lekin bunday natija, qolgan istalgan ligalarda chempionlikni kafolatlardi. Afsuski, oldinda 98 ochko to‘plagan "Manchester Siti" turardi. Kelasi mavsumda Klopp yanada qattiq harakat qildi. O‘sha chempionlik 30 yildan keyin keldi. Ammo oson kelmadi. Buning uchun mersisaydliklar 99 ochko to‘plashlariga to‘g‘ri kelgandi. Ikkinchi o‘rin "shaharlikar"ga nasib etadi. O‘shanda ular Klopp jamoasidan 18 ochko ortda qolib ketgandi.
ISMATOV J.