Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Tottenxem" Keynga o‘rinbosar topib qo‘ydi

"Tottenxem" Keynga o‘rinbosar topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani "Tottenxem" safiga qo‘shilishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolyerining fikricha, agar jamoa yetakchisi Xarri Keyn joriy transfer oynasida jamoani tark etsa, "shporlar" 24 yoshli fransiyalik futbolchini olib kelishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, angliyalik hujumchiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, Kolo-Muani APLning yana bir giganti - "Manchester Yunayted"ning short-listidan joy olgani haqida xabar berilgandi.

O‘tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Kolo-Muanining "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor narxi 80 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 20:00, 24.07.2023.
O'qildi: 1649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик