Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" futbolchisi Parij klubiga ijara asosida o‘tdi

"Chelsi" futbolchisi Parij klubiga ijara asosida o‘tdi

Baho:
+ | -

Rossiya ayollar terma jamoasi futbolchisi Alsu Abdullina “Chelsi”ni tark etdi.

Insayder Ivan Karpovning so‘zlariga ko‘ra, Abdullina "Parij" klubiga ijaraga o‘tadi.

2022/23 yilgi mavsumda yarim himoyachi "Chelsi" safida 6 ta o‘yinda atigi 115 daqiqa o‘tkazdi. Kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan Abdullina faoliyatini ijarada davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, “Parij”ning ayollar jamoasi 6 marta Fransiya chempioni bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda Abdullina "Chelsi" bilan ketma-ket ikkinchi marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 20:08, 24.07.2023.
O'qildi: 2462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик