Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Azmun ilk mashg‘ulotlardayoq jarohat orttirib oldi

Azmun ilk mashg‘ulotlardayoq jarohat orttirib oldi

Baho:
+ | -

“Bayer”ning eronlik hujumchisi Serdar Azmun jarohat oldi. Bu haqda Leverkuzen klubi rasmiy saytida malum qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchi bugun, 24 iyul kuni boshlangan yig‘inning birinchi kunida mushagidan jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi o‘tgan yilning yanvar oyida "Zenit"dan "Bayer"ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda Azmun barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 33ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Hujumchining "Bayer" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 00:09, 25.07.2023.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик