Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Enrikening “PSJ”da hal qiladigan vazifalari

Enrikening “PSJ”da hal qiladigan vazifalari

Baho:
+ | -

Bahorda, Chempionlar ligasining 1/8 finalidan chiqib ketgandan so‘ng, Kristof Galtye keyingi mavsumda “PSJ”ni boshqarmasligi ma’lum bo‘ldi. OAV uning o‘rniga ko‘plab mutaxassislarni tahmin qildi.

Boshqalar qatorida Luis Enrike ham bor edi. Ispaniyalik APLda ishlash istagi borligini ochiqchasiga aytdi, biroq bu ish bermadi. Mutaxassis Parijga bordi. Birinchi matbuot anjumanida Enrike o‘zini "PSJ" uchun to‘g‘ri murabbiy deb ta’rifladi. U buni amallari bilan isbotlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki ispaniyalikning oldida juda ko‘p vazifalar turibdi.

Muxlislarni klub tomonga qaytarish

"PSJ" muxlislari o‘zlarini vazminlik bilan tutishmaydi. Ular bir necha bor boshqaruvga turli chaqiriqlar qilishdi va o‘tgan mavsumda o‘yinchilar, menejerlarga qarshi ochiq isyonga o‘tishdi. Muxlislar hattoki, mavsum yakuniga yaqin Lionel Messiga hushtakbozlik uyushtirishdi, bu ishora butun futbol olamida tanqidga uchradi.

Garchi Luis yaxshi rezyumega ega bo‘lsa ham va parijliklarni jozibali o‘yinga aylantirsa ham, u muxlislar ko‘rishni istagan murabbiy emasdi. Ehtimol, ijobiy natijalar bu muammoni hal qiladi, ammo bu hali hech narsani kafolatlamaydi.

Yarimhimoyaga ijodkorlik qo‘shish kerak

Yarimhimoyada “PSJ”ning qiziqarli variantlari bor, lekin faqat bitta yuqori darajadagi o‘yinchibor u ham bo‘lsa, Marko Verratti. Parijliklar Manuyel Ugarte va Li Kang Ing bilan shartnoma imzoladilar. Lekin hozir parijliklarda Enrikening uslubiga mos keladigan pleymeyker yo‘q.

Ugarte va Verratti asosiy tarkibda o‘ynash ehtimoli bor, ammo aks holda mutaxassis o‘rta chiziqda muvozanatni topishi kerak. "PSJ"da boshqa yarimhimoyachilar bo‘lishi mumkin, masalan, parijliklar bilan bog‘langan Bernardu Silva. Ammo hozir Fransiya chempionlarining yarimhimoyasi yuqori sifatga ega emas va buning ustida ishlash kerak bo‘ladi.

Yoshlarga imkoniyat

Uorren Zair-Emirining kelishi o‘tgan mavsumda “PSJ” uchun yorqin nuqtalardan biri bo‘ldi. 17 yoshli futbolchi Liga 1da 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va uzoq vaqtdan beri jamoasining eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biri bo‘lib kelgan.

U Enrike ixtiyoridagi yagona istiqbolli futbolchi emas. Masalan, Ismoil G‘aribida sifatli hujumkor yarimhimoyachi bo‘lish uchun nima kerak bo‘lsa bor. Ugo Ekitike ham to‘g‘ri murabbiy qo‘l ostida ochilishi mumkin.

Sport direktori bilan ishlash

Parijliklar Galtye bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmagan, ammo hali yangi murabbiy tayinlanmaganida, transfer masalalari bilan sport direktori Luis Kampos shug‘ullangan. Portugaliyalik o‘zining murakkab xarakteri bilan mashhur.

Enrike shunday qiyin odam bilan qanday ishlashni aniqlab olishi kerak. Kampush zukko skaut mutaxassisi. Ehtimol, bu hozirda “PSJ” uchun eng yaxshi funksionerdir, chunki klub qayta qurishni boshlagan.

Yangi kelganlarga to‘g‘ri muomalada bo‘lish

Parijliklar Ugarte uchun katta mablag‘ to‘lashdi, biroq ayni paytda Milan Shkrinyar va Marko Asensioni tekinga olishdi. Lukas Ernandes uchun Fransiya chempioni 45 million yevro to‘lagan, buni maqbul kelishuv deb hisoblash mumkin. Umuman olganda, Kampos transfer bozorida yaxshi ish qildi. Gap shundaki, bu o‘yinchilar yangi murabbiyga qanday mos keladi? Enrike “PSJ”ning birinchi tanlovi emas edi, shuning uchun sport direktori boshqa murabbiyga ko‘z tikib, yangi kelganlarni imzolagandir.

Boshqa tomondan, Asensio sifatli vinger, Ugarte mehnatkash yarimhimoyachi, Ernandes va Skrinyar esa ishonchli markaziy himoyachilardir. To‘rttasi ham har qanday top-klub tarkibiga bemalol joylashishi mumkin.

Kiritildi: 20:19, 25.07.2023.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.