"Fulxem" Raul Ximenesni sotib olgani haqida xabar berilgan edi. Bu ko‘chishdan keyin meksikalik hujumchi shunday deydi:
"Men uchun bu transfer juda ham muhim sanaladi. Bu jamoa APLda eng afsonaviy klublaridan biridir. O‘ylaymanki, APLda gollar urishni davom ettiraman".
32 yoshli futbolchi "Vulverxempton"dan 5 million funtga xarid qilindi. U hozirga qadar "bo‘rilar" uchun 57 ta golga mualliflik qilgandi.