Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. "Andijon" - "Nasaf". Prevyu.

Superliga. "Andijon" - "Nasaf". Prevyu.

Baho:
+2 | -

Nihoyat, ikkinchi davra bahslari start olmoqda. “Andijon” jamoasi ham mavsumning ikkinchi startiga astoydil tayyorgarlik ko‘rdi. Bu borada “Burgutlar” Tojikistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi va qator nazorat uchrashuvlari ham tashkil qilindi.

“Andijon” jamoasi ikkinchi davra boshlanishini “Nasaf”ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. 28 iyul kuni muhtasham “Bobur Arena”da minglab muxlislar qarshisida “Burgutlar” “Ajdarlar”ni qabul qiladi.

Jamoaning uy stadioni to‘liq rekonstruksiya qilindi va PFL Reglamentiga mos ravishda hammasi qulay sharoitga keltirildi.

Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, chempionat mobaynida klublar shu kungacha 43 bora to‘qnash kelishgan. Shulardan 7 tasida “Andijon”ning qo‘li baland kelgan. “Nasaf” esa 27 marta g‘olib chiqqan. Shuningdek, 9 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 49\94 “Nasaf” foydasiga.

Qiziq fakt bor: gap shundaki, 2019 yili ham “Andijon” stadioni qaytadan rekonstruksiya qilingan va yangilangan stadion ochilish uchrashuvida “Nasaf”ni qabul qilgan va jamoa 3:1 hisobida g‘alaba qozonib ishqibozlarni quvontirgandi. Bu gal ham yangilangan “Bobur Arena”ning ochilish uchrashuvida yana “Nasaf” mehmon bo‘ladi.

Yodingizda bo‘lsa, joriy yilgi chempionatning ochilish o‘yinida “Andijon” “Nasaf” maydonida Sardor Abdunabiyevning chiroyli goli evaziga jamoamiz o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuv 28 iyul kuni “Bobur Arena”da soat 20:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 12:17, 26.07.2023.
O'qildi: 2283 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.