Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Tartib-intizom qo‘mitasi qarori: "Bunyodkor", Metallurg", "Paxtakor" va "Navbahor" vakillari jazoga tortildi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarori: "Bunyodkor", Metallurg", "Paxtakor" va "Navbahor" vakillari jazoga tortildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“Olimpik” — “Metallurg”

O‘zbekiston Superligasining 13-turi doirasidagi “Olimpik” — “Metallurg” uchrashuvining 58-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Husniddin G‘ofurov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Husniddin G‘ofurovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi

“Olimpik” — “Navbahor”

O‘zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Navbahor lochinlari” futbol klubining rasmiy vakili Otabek Samatov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Otabek Samatovga ("Navbahor lochinlari") nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Paxtakor”

O‘zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Aral” — “Paxtakor” uchrashuvning 28-daqiqasida “Paxtakor” klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov to‘p maydonda bo‘lgan vaqtda raqib o‘yinchisining yuziga tizza qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhammadrasul Abdumajidovga ("Paxtakor") nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor-79” — “Xorazm”

O‘zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Paxtakor-79” — “Xorazm” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Paxtakor-79” futbol klubining rahbari Kelvin Logo bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kelvin Logoga (Paxtakor-79) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yunired” — “Bunyodkor”

O‘zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Yunired” — “Bunyodkor” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Muhammadsafo Fozilov raqib o‘yinchisining sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhammadsafo Fozilovga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 18:20, 26.07.2023.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик