"PSJ" hali ham Lionel Messining o‘rniga asosiy nomzod hisoblangan "Manchester Siti"dan yarim himoyachi Bernardu Silvani sotib olmoqchi. Jurnalist Santa Una xabariga ko‘ra, parijliklar portugaliyalik yarim himoyachiga katta qiziqish bildirishmoqda.
Manbaning aytishicha, Bernardu Silva hozirda "Manchester Siti" rahbariyati tomonidan daxlsiz deb hisoblanmaydi. Ingliz klubi agar foydali taklif tushsa, uni sotish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor.
Avvalroq Bernardu Silvaga “Barselona” va Saudiya Arabistonining bir qator klublari qiziqish bildirayotgandi. Portugaliyalik futbolchi 2017 yilning yozidan, ya’ni "Monako"dan ko‘chib o‘tganidan beri "Manchester Siti"da to‘p tepmoqda.













