Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

"Man Siti" o‘z stadionini yangicha ko‘rinishga olib keladi

"Man Siti" o‘z stadionini yangicha ko‘rinishga olib keladi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" stadionni ta’mirlash loyihasini ma’qulladi, uning sig‘imi qariyb 10 000 tomoshabinga ko‘tariladi, umumiy qiymati 300 million funt sterlingni tashkil etadi.

Stadion kosmik kemaga o‘xshaydi.

Stadionning sig‘imini qariyb 62 ming o‘ringa ko‘taruvchi va yangi muxlislar zonasini yaratadigan rekonstruksiya ishlari "Manchester Siti" Kengashi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Shimoliy stendni kengaytirish rejalari orasida 400 o‘rinli mehmonxona, telestudiya va sayr qilish uchun attraksion, 3000 kishiga mo‘ljallangan muxlislar zonasi qurilishi ko‘zda tutilgan. Taxminlarga ko‘ra, loyiha har yili Manchester byudjetiga qo‘shimcha 70 million funt sterling qo‘shishi va natijada 1795 ta yangi ish o‘rni yaratilishi mumkin.

Rejalarga ko‘ra, shimoliy tribuna sig‘imi 7900 o‘ringa oshirilib, umumiy sig‘imi 61968 taga yetkaziladi. Hozirgi klub do‘koni buzilib, yangi do‘kon, kassa va muzey joylashgan sakkiz qavatli bino quriladi.

Yuqori qavatlar kichik biznes va startaplar uchun ofis sifatida ishlatiladi. Shuningdek, 390 xona va 10 xonadondan iborat to‘qqiz qavatli mehmonxona quriladi.

Ishlar 2023 yilning noyabr oyida boshlanishi kutilmoqda va 2025 yil avgustida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:41, 28.07.2023.
O'qildi: 2032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.