Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maksim Shaskix: "Hamraliyev bilan gaplashib oldik – hammasi yaxshi"

Maksim Shaskix: "Hamraliyev bilan gaplashib oldik – hammasi yaxshi"

Baho:
+ | -

Superliga 14-turida safarda “Olimpik”ni mag‘lub etgan “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shaskix g‘alaba, Hamraliyev, transfer oynasi va Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

“Bugun jismonan charchab qolmaslik kerak edi. Jamoaning jismoniy holatidan ko‘nglim to‘q. Shunchaki, taktik jihatdan ham yaxshiroq o‘ynashimizni istagandik. Buni uddaladik. Raqibdan ancha keskinroq o‘ynadik va haqqoniy g‘alabaga erishdik”, - dedi murabbiy.

“Hamraliyev bilan gaplashib oldik. U juda yaxshi futbolchi. Aqlli va kelajagi bor o‘yinchi. Bu yoshda bunday xatolar qilishi tabiiy. Hayolidagi negativ narsalarni chiqarib tashlashini maslahat berdim”.

“Transfer oynasida o‘zimiz istagan futbolchilarni oldik deya olaman. Endi oladigan bo‘lsak, faqat mahalliy futbolchilardan olamiz. Legionerlar uchun limitimiz tugadi”.

“Abbosning jamoadan ketishi kutilmagan jarayon emas. Buni kutgandik. U bilan bungacha gaplashdik. Ammo, ketishi bu uning tanlovi. Unga faqat omad tilayman”.

“Jamoaning barcha chizig‘ida raqobat bor deya olaman. Yangi olib kelgan darvozabonimizning harakatlari meni ancha quvontirayapti. Bu Quvvatovga ham yetarli motivasiya. Umuman olganda, boshqa chiziqlarda ham raqobat yetarli”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 07:55, 29.07.2023.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик