Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

"Real Madrid" ularni juda erta sotib yuborgan va afsuslangan

"Real Madrid" ularni juda erta sotib yuborgan va afsuslangan

Baho:
+ | -1

Siz katta muvaffaqiyatlarga erishadi deb kutgan futbolchi yaxshi ko‘rgan klubingiz tomonidan sotib yuborilsa, bu juda og‘ir botadi. Bu narsa "Real" misolida yaqqol seziladi. Ushbu jamoa sotgan har bir futbolchi, go‘yoki vaqt berilsa, katta foyda keltiradigandek tuyuladi. Shuningdek, ketayotgan futbolchiga ham oson bo‘lmaydi. Negaki, "Real" dunyoning eng yaxshi klublaridan biri va undan ketish yuqoriga emas, balki pastga tushish bilan barobar bo‘ladi. Aytish kerakki, "Real" deyarli hech qachon oldi-sotdilardan foyda ko‘rmagan. Jamoadan ketgan futbolchilarning ayrimlari esa borgan klubida muhim figuraga aylangan. Quyida "Real"ning afsuslari haqida so‘z boradi.

Mesut O‘zil
Ketishi: 2013
Sotilgan: "Arsenal"

O‘zilning faoliyati o‘ziga xos. U tabiatan o‘ta iste’dodli futbolchi edi. Biroq germaniyalik ko‘prog‘iga loyiq edi va erishishi mumkin edi degan qarashlar ham bor. Uning "Arsenal"dagi so‘nggi yillar oson kechmaydi. Ayrim manbalarda Modrichning kelishi O‘zilning APLga yo‘l olishiga sababchi bo‘lgan degan ma’lumotlar uchraydi. Ammo bu haqiqat emas. O‘zil "Real" bilan so‘nggi mavsumini La-ligada eng ko‘p assist bilan yakunlaydi. U uch yil davomida tinimsiz assistlar borasida tengsiz deb topilgan. 2013 yilning sentyabrida u uchun kelgan 42.5 million funtlik taklif qabul qilinadi. O‘zil "Arsenal" bilan 184 ta o‘yinda 33 ta gol va 59 ta assist qayd etgan edi.

Anxel Di Mariya
Ketishi: 2014
Sotilgan: "MYU"

Di Mariya bilan ham O‘zilga o‘xshash holat yuz bergan. Butun dunyo argentinalik hujumchi sotilayotganini eshitib lol qolgandi. Balki "Real" Garet Beyl uchun joy bo‘shatish uchun shunday qilgandir. Nima bo‘lgan taqdirda ham Di Mariya 60 million funt evaziga "Manchester Yunayted"ga sotin yuboriladi. Afsuski, jarohatlar va Lui van Galning g‘alati qarorlari Di Mariyaning o‘sishiga to‘siq bo‘ldi. Bir yildan keyin, 2015 yilda Di Mariya "PSJ"ga ketadi. Futbolchi u yerda nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ygandi. Argentina terma jamoasi a’zosi Parij klubi bilan 93 ta gol va 119 ta assist qayd etgan.

Klarens Zeedorf
Ketishi: 1999
Sotilgan: "Inter"

23 yoshli futbolchidan hech kim buni kutmaydi. Ammo Zeedorf XX asr oxirida shunday qilgan. U 1996 yilda "Sampdoriya"dan xarid qilinadi va "Real" bilan La-liga, YECHL va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritadi. Afsuski, o‘sha paytdagi bosh murabbiy, Jon Toshak bilan kelishmovchilik Zeedorfni "Inter"ga sotilishi bilan yakunlanadi. Futbolchining sotuvidan 24 million yevro ishlab olinadi. "Inter" esa undan foydalana olmadi. "Milan"ga o‘tgach, Zeedorfning darajasi qayta tiklandi. U 2 bor A seriyani, 2 marta YECHL va Italiya kubogini qo‘lga kiritdi. "Real" esa bir chetda afsuslanib turardi.

Aryen Robben
Ketishi: 2009
Sotilgan: "Bavariya"

Robben endi futbol o‘ynaydigan paytlarini "Real"da o‘tkazib, omadsizlikka uchraydi. "Chelsi"dan olib kelingan vinger, 2 mavsum davomida Madridda bo‘ldi. Ammo yana o‘z darajasiga chiqa olmadi. Bu davrda Robben 65 ta o‘yinda 13 ta gol va 15 ta assist qayd etdi xolos. "Real"ga Peres prezident etib saylanadi. U jamoaga Ronaldu va Kakalarni olib keldi. Robbenga esa ortiq imkon berishmadi. Niderlandiyalik afsona 25 million yevro evaziga "Bavariya"ga sotiladi. Germaniyada Robben 17 ta titul yutdi. Ularning ichida YECHL sovrini ham bor edi. "Bavariya"da jami 309 ta bahsda maydonga tushgan futbolchi 144 ta gol va 101 ta assist qayd etdi. "Real" esa bu safar ham qilgan ishidan ich-ichidan pushaymon bo‘layotgandi.

Esteban Kambyasso
Ketishi: 2004 yil
Sotilgan: "Inter" (tekinga)

Kambyasso tekinga berib yuboriladi. U aslida jamoa akademiyasidan chiqqandi. Himoyachi 1996 yilda "Arxentinos Xuniors"dan olib kelingan. "Real"ga bir qancha sovrinlar yutishda yordam bergach, futbolchi "Inter"ga ketadi. Kambyasso Milan shahrida haqiqiy uyini topdi. Bir dekada davomida u jami 15 ta titulni qo‘lga kiritadi. Ular ichida 5 ta Italiya chempionligi va YECHL bosh sovrini bor edi.

Klod Makelele
Ketishi: 2003
Sotilgan: "Chelsi"

Makelelening "Real"dan ketishi juda og‘riqli bo‘lgan. Florintino Peres futbolchi haqida 2003 yilda shunday deydi: "Biz Makeleleni sog‘inmaymiz. Uning texnikasi o‘rtacha, tezligi past va to‘pni saqlab turish darajasi yetishmaydi. Uning uzatadigan to‘plarining 90 foizi ortga yoki yon tomonga beriladi. Biz Makelelening o‘rniga yoshroq futbolchilarni olib kelamiz".
Futbolchi jamoada qolishni istagan edi. Biroq, "Real" unga yangi bitim taklif etmaydi. Fransuz futbolchisi "Chelsi"ga, 16.8 million funt evaziga sotiladi. Makelele APLda o‘z jamoasini top-klubga aylantirishda yordam berdi. Makelele 2 marta APL, Angliya kubogi, liga kubogi va Angliya superkubogini qo‘lga kiritgan futbolchi sifatida, "Chelsi" tarixida qoldi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:01, 29.07.2023.
O'qildi: 9552 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.