"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Real"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 1 ta gol urib, 1 ta assist qayd etgan Fermin Lopesning kelajagi haqida gapirdi.
"Fermin Lopesni ijaraga berib yubormaymiz. U biz bilan qoladi. Futbolchi Klassikoga juda yaxshi tayyorlangandi. O‘ylaymizki, Lopes bu mavsumda jamoaga yordam bera oladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli yarim himoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.