Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jamshid Saidov: Vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, omad yetishmadi

Jamshid Saidov: Vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, omad yetishmadi

Baho:
+ | -

Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Afsuski, muxlislarni xursand qila olmadik. Futbolchilarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bizga bugun omad yetishmadi.

Ikkinchi bo‘limda Kenjaboyev sariq kartochka olishidan qo‘rqdik. Uning hisobida uchta kartochka bor. Kelgusi turda bizni “Buxoro”ga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Shu sababli biz uni asrashga harakat qildik.

Yangi futbolchilar ko‘rsatgan o‘yindan qoniqish hosil qildim. Umuman olganda, bellashuv qiziqarli o‘tdi.

Birinchi bo‘limda ko‘plab imkoniyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Shogirdlarim yaxshi harakat qilishdi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, bizga omad yetishmadi.

Simonovski jamoaning asosiy hujumchisi sifatida qoladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. Biroq hozircha u “Qizilqum”ning hujumdagi asosiy figurasi”, – dedi Saidov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:33, 31.07.2023.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик