Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Samvel Babayan: "Mavsumlar oralig‘ida jamoalar ancha kuchaydi"

Samvel Babayan: "Mavsumlar oralig‘ida jamoalar ancha kuchaydi"

Baho:
+ | -

Superliga 14-turida safarda “Qizilqum”ni mag‘lub etgan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan g‘alaba, Hoshimovning almashtirilishi, Tabatadze va Abdumannopov haqida gapirdi.

“Aytishim kerakki, mavsumlar oralig‘ida jamoalar kuchayishdi. Bugungi “Qizilqum” yaxshi shakllangan jamoa va bugun bizga qiyin bo‘lishini bilardik. Birinchi taym ancha qiyin kechdi. Ikkinchi taymdagi o‘zgarishlar tufayli g‘alaba qozonishimizga yordam berdi ”, - dedi murabbiy.

“Hoshimovni jarohati sabab almashtirishga majbur bo‘ldik. Birinchi taymda raqib unga ancha bosim uyushtirdi. Uning qanotidan ko‘plab hujumlar tashkil etishgani sabab ancha toliqqandi. Qolaversa, uning sariq kartochkasi borligi uchun tavakkal qilishni istamadik”.

“Tabatadze – yuqori saviyali hujumchi. Uning darajasiga shubham yo‘q. Abdumannopov haqida ham shunday fikr aytish mumkin. Uning darajasi haqida tasavvurimiz bor. U ham, ikkinchi taymda maydonga tushgan boshqa futbolchilar ham o‘yinni kuchaytira olishdi”.

“Jamoaga yana bir himoyachi olayapmiz. Bu ampluada jamoamizda muammo yo‘q, ammo bu chiziqda ham raqobat bo‘lgani yaxshi. Yana kimnidir oladigan bo‘lsak, bu haqda ma’lumot beramiz”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:01, 31.07.2023.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик