Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Yana Mbappe haqida: hujumchini "PSJ"dagi vaziyat g‘azablantirmoqda

Yana Mbappe haqida: hujumchini "PSJ"dagi vaziyat g‘azablantirmoqda

Baho:
+ | -

Yaqinda shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun turneni o‘tkazib yuborgan hujumchi Kilian Mbappeni "PSJ"dagi vaziyat bezovta qilmoqda.

L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, hujumchi yozda boshqa klubga o‘tib, "PSJ"ga moliyaviy yordam berishga majbur emas, deb hisoblamoqda.

Mbappe avvalroq shartnomani uzaytirmasligini, lekin 2023/2024 yilgi mavsumni "PSJ"da o‘tkazishini aytgandi. Bunga javoban klub prezidenti Nosir al-Xelayfiy Kilian shartnomani uzaytirsagina qolishini aytdi. Parijliklar hujumchi "Real" bilan bir yildan keyin tekin transfer bo‘yicha kelishib olgan deb gumon qilmoqdalar.

Kiritildi: 17:47, 01.08.2023.
O'qildi: 4580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик