Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Shaskix Samarqanddagi mag‘lubiyat, VAR yo‘qligi, hakamlar xatosi va "Dinamo" haqida fikr bildirdi

Shaskix Samarqanddagi mag‘lubiyat, VAR yo‘qligi, hakamlar xatosi va "Dinamo" haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi «Dinamo» - «Paxtakor» (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Maksim Shaskix ishtirok etib, mag‘lubiyat sabablari va hakamlik tizimidagi tushunarsiz qarorlar haqida gapirdi.

«Buyuk jamoalar ham yutqazadi». Shaskix Samarqanddagi mag‘lubiyat, VAR yo‘qligi, hakamlar xatosi va «Dinamo» haqida

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi «Dinamo» - «Paxtakor» (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Maksim Shaskix ishtirok etib, mag‘lubiyat sabablari va hakamlik tizimidagi tushunarsiz qarorlar haqida .

- Samarqand jamoasini tabriklayman, qoyil, g‘alaba qozonishdi. Shunchaki men uchun ba’zi narsalar qiziq, o‘tgan yili ham, bu yil ham takrorlanishda davom etmoqda. Tushunmayman, hakamlar bunday o‘yinlarni boshqarishmoqda, ammo ularda hattoki o‘zaro aloqa vositasi uchun bo‘lgan quloqchinlar ham yo‘q. XXI asr, ammo hakam menga «VAR yo‘q, shu uchun «naushnik»lar ham yo‘q», deb tushuntirayapti. Bosh hakam nimanidir ko‘rmay qolishi, vaziyat zaxira yoki qanot hakamiga yaxshiroq ko‘ringan bo‘lishi mumkin-ku, to‘g‘rimi? Bu narsa yo‘qligi men uchun hayratlanarli.

Tushunarliki, bizning o‘yinlarimizda VAR qachon bo‘ladi, qachonki u kimgadir kerak bo‘lsa. Bunday o‘yinlarda esa yo‘q. VARsiz esa nimalar ro‘y berayotganini ko‘ryapmiz.

Barchasini hozir ko‘rib chiqdik – toza penalti berilmadi, Aziz 3-golni kiritganda ham toza gol edi, ammo endi buni qanday isbotlay olamiz? Hech qanday! Hakamlar haqida gapirishni istamasdim, xohlamayman ham. Chunki buni hech qanday foydasi yo‘q. Ammo bunday qilish mumkin emas.

Ha, biz mag‘lubiyat uchun aybdormiz, bu faqatgina o‘zimizning aybimiz. Birinchi taymni to‘liq boy berdik, Samarqand klubi yetarlicha yaxshi jamoa ekan, ular yaxshi o‘ynashdi. Bugun tarkibda ancha vaqtdan buyon ko‘rmoqchi bo‘lganlarni ko‘rib oldik. Endi xulosa chiqaramiz.

Shunchaki, hozirgi asrimizda hakamlarning maydondagi oddiygina aloqa vositalarsiz ishlashi men uchun tushunarsiz.

- Birinchi bo‘limda Pro liga klubidan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga uchrash – bu nima edi?

- Bu – futbol, unda bunday voqealar uchrab turadi. 4ta zarba va 3ta gol urishdi. Bo‘lib turadi. Bugun bizning kunimiz emasdi. Istalgan zarba darvozamizga kirib ketaverdi. Darvozabonning xatosi, tushunarsiz vaziyatlar. Ehtimol, bugun o‘yinga to‘g‘ri yondashuv bilan chiqmagandirmiz. Yigitlarga yetkazishga urindik, afsuski, balki ularga yetib bormagandir. Tushunish lozim – hozirda hech kimni maydonga shunchaki tushib, yutib bo‘lmaydi! Na saviya, na daraja bo‘yicha ham. Maydonga tushdingmi, birinchi soniyadanoq maksimal kuch bilan ishlash kerak, ishlash kerak, ishlash kerak. G‘alaba qozonishning boshqa yo‘li yo‘q. Bu birinchi liga jamoasiga qarshi bo‘ladimi yoki Superliga klubimi farqi yo‘q. Bu bizning muammo, tez orada buni to‘g‘rilaymiz. Hech qisi yo‘q, bu fojia emas, barchasidan o‘tamiz. Oldinda bizni 2-davra o‘yinlari va Osiyo Chempionlar ligasi kutmoqda.

- «Paxtakor»ning yangi transferlari bugun ish bermadi, vaziyat avvalgidek – o‘sha Cheran maydonga tushgach, o‘zgardi. Hojimat Erkinov ham biz bilgan Hojimat emasdek ko‘rindi. Bu haqda nimalar deya olasiz?

- Siz bu gaplarni qayerdan oldingiz bilmayman, kimni sotib olishni, qanday kuchayishni, ular qanday o‘ynashigacha siz emas, biz baho beramiz. Biz o‘tgan yarim mavsum uchun transfer siyosatimizdan qoniqdik. Barchasi uchun vaqt kerak. Hojimat uchun ham vaqt kerak. U avvalgi klubida qanday ishlagan, hozir qanday holatda endi bilib olamiz. U harakat qilmoqda, o‘ynashni istamoqda, ammo hali biz kutgan darajada emas. O‘ylaymanki, vaqt o‘tib barchasi iziga tushadi.

- Bu bahs «Paxtakor» uchun mavsumdagi eng og‘ir o‘yinmi?

- Yo‘q, shunchaki o‘zimizni qiynab qo‘ydik. Nimasi og‘ir bo‘lsin?! Bugun omad raqibga kuldi – 4ta zarba va 3ta gol. Futbolda bo‘lib turadi. Unutmang, buyuk jamoalar ham mag‘lubiyatga uchraydi, buyuklar ham! Shunday ekan, hech qisi yo‘q, xatolar ustida ishlaymiz.

Manba: "Динамо" матбуот хизмати
Kiritildi: 12:07, 02.08.2023.
O'qildi: 2994 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.