Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Ten Xag: "Maguayr jamoada qolishi haqida o‘zi qaror qabul qiladi"

Ten Xag: "Maguayr jamoada qolishi haqida o‘zi qaror qabul qiladi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xagning aytishicha, himoyachi Garri Maguayr yozda jamoada qolish yoki ketishini hal qilishi kerak.

O‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan Maguayr yaqinda sardorlik bog‘ichidan ayrildi.

O‘tgan haftada "MYU" Maguayrni sotib olish uchun "Vest Xem"ning 20 million funt sterlinglik taklifini rad etdi, ammo Ten Xag istasa, 30 yoshli ingliz futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor.

"To‘g‘ri. Bu unga bog‘liq. "Manchester Yunayted"da bo‘lganingda, o‘z o‘rning uchun kurashishing, mahoratingni qo‘llashing va jamoaga eng mos va eng foydali ekanligingni isbotlashing kerak.

Sardorlikdan mahrum qilish? Garriga qarshi g‘arazligim yo‘q, bu jamoa manfaati uchun qilingan.

Keyingi qarorni u qabul qilishi kerak. Lekin Garri bu jamoaning bir qismi emas deb aytmayman. U o‘z o‘rni uchun kurashishi kerak.

U juda yaxshi markaziy himoyachi va men Garri Maguayrning salohiyatiga ishonaman. U faqat o‘zini ko‘rsatishi va asosiy tarkibga kirish uchun kurashishi kerak. Bu uning o‘ziga bog‘liq va menimcha, u buni uddalay oladi", - dedi Ten Xag ESPN bilan suhbatda.

Kiritildi: 15:19, 02.08.2023.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.