Markos Lyorente faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Get Spanish Football News nashri xabariga ko‘ra, Lyorente Saudiyaning "Al-Ahli" klubiga o‘tishi borasida to‘liq kelishuvga erishgan.
"Atletiko" yarim himoyachisi yaqin orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi taxminan 20 million yevro oladi.
2022/23 yilgi mavsumda Markos Lyorente "Atletiko" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.