Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Aleksandr Xomyakov: "G‘alaba qozonishni juda ham xohlagandik"

Aleksandr Xomyakov: "G‘alaba qozonishni juda ham xohlagandik"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Surxon” (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

— Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ikki jamoaning to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Mavsum boshida men “Surxon” bilan turnir jadvalida yonma-yon turamiz, deb o‘ylamagandim. Birinchi davrada 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragandik. Bu o‘yinda esa ular qimmatli bo‘lgan bir ochkoni qo‘lga kiritishdi, deb o‘ylayman. Biz esa g‘alaba qozonishni juda ham xohlagandik. Raqib yaxshi o‘yini bilan durangga erishdi. Tarkibiga nazar solsak, bir qancha yosh o‘yinchilari borligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. “Surxon” bejizga bunday o‘rinda ketmayotganligini ko‘rsatib qo‘ydi. Biz juda ko‘p narsani istagandik, ammo hujumda hech nimani eplay olmadik. Raqib qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. O‘yinning katta qismida raqib himoyalandi va qarshi hujumlarda harakat qildi. Xavfli hujumlar uyushtirdik, baribir ko‘zlangan maqsadga erisha olmadik.

— Nega Bubanya maydonga tushmadi?
— Uning jarohati bor edi. Bugungi kunda tiklanish bilan band. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

— Armin Boshnyak haqida nima deysiz?
— U jamoamizga kecha qo‘shildi. Qanotlarni yanada kuchaytirish maqsadida uni safimizga qo‘shib oldik. Jamoamizga moslashish arafasida. Umid qilamizki, u ham Xebayga o‘xshab tezda qo‘shilib ketadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Lekin afsuski, bugungi bahsda muxlislarimizni g‘alaba bilan xursand qila olmadik. Oldinga intilamiz, xatolarimizni to‘g‘rilaymiz va keyingi o‘yinlarda yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz.

— “Andijon” ikkita turdan beri 0:0 o‘ynayapti. Sizningcha, oldingi va bugungi o‘yinning farqli tomonlari nimada bo‘ldi?
— Bilasizmi, to‘g‘risini aytsam, bugungi raqib ancha qiziqarliroqqa o‘xshadi. Bugun yutishni juda ham xohlagandik. Chunki jamoaning maqsadi bor, asosan yoshlar bilan shakllangan. Bosh murabbiy ham tajribasini oshirib, yoshlarga imkoniyat berayotgani ko‘rinib turibdi. “Nasaf” bilan o‘yin tarixga aylangan. Endi bu borada biror nima deya olmayman. Yana qaytaraman: g‘alaba qozonishni juda istagandik. “Surxon” bejizga turnir jadvaliga yaxshi o‘rinlarda emas.

— 27-raqamdagi Sodiqov ikkinchi taymda maydonga tushdi, ammo ko‘p xato qildi...
— Yana bir bor aytaman: bizda ayniqsa qanot o‘yinchilari bilan muammolar paydo bo‘lgan. Shu bois bir qator o‘yinchilarni almashtirishga majbur bo‘lyapmiz. Xavotirlanishga o‘rin yo‘q deb o‘ylayman, harakat qilyapmiz, hayot davom etadi. Kelajakka umid qilgan holda yaxshi harakat qilib, g‘alaba qozonishga intilamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:01, 05.08.2023.
O'qildi: 1364 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик