Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ispaniya ayollar terma jamoasi futbolchisi 50 metrdan avtogol urdi (foto)

Ispaniya ayollar terma jamoasi futbolchisi 50 metrdan avtogol urdi (foto)

Baho:
+ | -

Ispaniyalik futbolchi Layya Kodina 50 metr masofadan to‘pni o‘z darvozasiga yo‘lladi. Hodisa ayollar o‘rtasidagi JCH-2023 1/8 final bosqichi doirasida Shveysariya terma jamoasiga qarshi o‘yinning 11-daqiqasida yuz berdi.

Qayd etish joizki, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi muxlislar va jamoadoshlari oldida o‘zini tezda tiklay oldi va birinchi bo‘lim oxirida shveysariyaliklar darvozasiga gol urdi.

Ispaniya terma jamoasi yakunda Shveysariyani mag‘lub etdi va 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi.

Ispaniyalik markaziy himoyachi Layya Kodina 2019/2020 yilgi mavsumdan beri "Barselona" safida o‘ynab kelmoqda. Shu bilan birga, futbolchi 2021/2022 yilgi mavsumda Italiyaning “Milan” klubida ijara asosida o‘ynagan.

Kiritildi: 14:44, 05.08.2023.
O'qildi: 2717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик